Experience of Selected Foreign Countries in Preventing Extortion Crimes and Issues of Their Implementation into National Practice
Annotation / Abstract
Abstract. The article analyzes the social danger, essence, and content of extortion crimes, as well as the foreign experience in preventing this type of crime. In particular, the priority directions of state policy in crime prevention in developed countries such as Japan and Germany, along with systems for protecting and rehabilitating victims of offenses, are examined. The relevance of applying international practices to improve the victimological prevention of extortion crimes in Uzbekistan is substantiated.
Full text
Tahlillar Yaponiyada tovlamachilik va shunga o‘xshash jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha ilg‘or tajribalar amaliyotga tatbiq etilganligini ko‘rsatmoqda. Yaponiyaning jinoyatchilikka qarshi kurashish asoslari “Politsiya to‘g‘risida”gi [4] qonunida mustahkamlangan bo‘lib, uning o‘ziga xos ahamiyati politsiya oldida turgan ustuvor vazifa sifatida jinoyatlarning oldini olish belgilanganligida namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari, ushbu davlatda tovlamachilik kabi jinoyatlarning oldini olishda vakolatli organlarga ko‘maklashuvchi kuchlarning kengligi hamda ularning majburiyatlari sifatida jinoyatlar profilaktikasini amalga oshirishda ishtiroki muhimdir. Darhaqiqat, Yaponiyada jinoyatlar profilaktikasi jamoatchilik ko‘magiga asoslanadi va shu orqali samarador hisoblanadi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, bu boradagi profilaktik chora-tadbirlarni amaliyotga tatbiq etishda yaponlarning zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash imkoniyatlarining kengligi bilan ham baholash mumkin [5].
Bundan tashqari, “Koban” yo‘riqnomasida yapon politsiyasining jinoyatlar profilaktikasini amalga oshirishda aholi va jamoat tashkilotlari bilan ijtimoiy sheriklik munosabatlarining o‘rnatilishi nisbatan ustuvor hisoblanadi [5].
Har bir politsiya bo‘linmasida “Aholi bilan aloqalar bo‘linmasi” faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Uning tarkibiga politsiya xodimlari, jamoatchilik vakillari, jamoat tashkilotlarining a’zolari, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari, turar joy komplekslari mas’ullari (JEK), ko‘ngillilar va boshqalar kiritilgan. Ushbu kengashlar tomonidan jinoyatlarning, ayniqsa, zo‘ravonlik, mulkka qarshi qaratilgan, shu jumladan, tovlamachilik bilan bog‘liq jinoyatlarning profilaktikasi amalga oshiriladi. Ularning eng faollari “Probatsiya ko‘ngillilar assotsiatsiyalari”, “Ayollarga yordam assotsiatsiyasi”, “Advokatlar assotsiatsiyasi” va “Jabrlanuvchilarga yordam ko‘rsatuvchi assotsiatsiyalar” hisoblanadi. Politsiya kengashlari ko‘ngillilar bilan doimiy ravishda maxsus profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirib boradi.
Bunday tadbirlarda nafaqat tovlamachilik va shu kabi boshqa turdagi jinoyatlarning oldini olish, balki ko‘ngillilar harakatini qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquqiy himoyasini ta’minlash masalalari ham ustuvor ahamiyat kasb etadi. Masalan, 2015-yil davomida o‘tkazilgan maxsus tadbirlarning katta qismi aynan ko‘ngillilar tomonidan amalga oshirilgan bo‘lib, 45 mingga yaqin guruhlar tarkibida 3 milliondan ortiq ko‘ngilli birlashgan holda faoliyat yuritgan. Shu bilan birga, Yaponiyaning jinoyatchilikka qarshi siyosati nafaqat umumiy jinoyatchilikni kamaytirishga, balki zo‘ravonlik bilan bog‘liq alohida turdagi jinoyatlarning, jumladan, tovlamachilikning oldini olishga ham yo‘naltirilganligi alohida ta’kidlanishi lozim.
References
Foydalanilgan manbalar / References
- Written evidence submitted by The Police Foundation. https://committees.parliament.uk/writtenevidence/125623/html/ ; Crime Statistics: Modeling Theft in Favour of Victims' Choices. https://www.mdpi.com/2227-7099/6/2/25 .
- Защита потерпевших — благородная работа // Фонд поддержки пострадавших от преступлений. [Электронный ресурс]. Режим доступа: https://soprotivlenie.org (дата обращения: 02.09.2025).
- Theoretical basis and occurrence of internet fraud victimisation: Based on two systems in decision-making and reasoning. https://pmc.ncbi.nlm.nih.gov/articles/PMC9940837/ ; The role of social-psychological factors of victimity on victimization of online fraud in China. https://pmc.ncbi.nlm.nih.gov/articles/PMC9822720/ .
- Yaponiya politsiyasining "yuragi" nima? Yoxud Yaponiyada jinoyatchilikka qarshi qanday kurashiladi? // https://darakchi.uz/uz/80552 .
- Инструкция по работе полицейских постов «Koban» // https://ap.net.ua/ru/brand/koban .
- Квашис Е.В., Морозов Н.А. Полиция Японии: организация, функции, эффективность // Научный портал России. – 2015. – №1. – Ст. 62.
- Квашис Е.В. Полиция Японии: организация и эффективность // Общество и право. – 2018. – №2 (64). – С. 28.
APA
Vancouver
Authors
O'zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti