Criminology → Volume 1, Issue 1

Criminological Characteristics of Persons Who Have Committed Crimes Against Public Order

25.03.2025 Research MULTI 🔓 Open Access 👁 18 · 📥 2

Annotation / Abstract

Abstract. The article provides an analytical examination of the criminological characteristics of individuals who have committed crimes against public order, exploring its essence and content. It scientifically addresses issues related to ensuring the safety of citizens and the public. Additionally, the factors (determinants) that contribute to the commission of crimes against public order are analyzed, along with the current state of prevention for this type of crime. Based on this analysis, proposals and recommendations for crime prevention have been developed.

Full text

Tahlil va natijalar / Results

Jinoyatchi shaxsining o'rganilishi individual jinoiy xulq-atvorning xususiyati va sabablarini umumlashtirish asosida umumiy kriminologik omillar haqida xulosa chiqarish imkonini beradi [17; 13-b.]. Biroq bezorilik hamda qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o'yinlarni tashkil etgan jinoyatchi shaxsining o'rganilishi faqat kriminologik yoki profilaktik ahamiyat kasb etishi bilan chegaralanmaydi. Chunki, bezorilik sodir etgan jinoyatchi shaxsi haqidagi bilimlar jinoyatlarni ochish va aybdorlarni fosh etish, qilmishni kvalifikatsiya qilish, jazo tayinlash va ularning ijrosini ta'minlashda muhim rol o'ynaydi.

Binobarin, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 54-moddasi (jazo tayinlashning umumiy asoslari)da esa, sud jazo tayinlashda sodir etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini, qilmishning sababini, yetkazilgan zararning xususiyati va miqdorini, aybdorning shaxsini hamda jazoni yengillashtiruvchi va og'irlashtiruvchi holatlarni hisobga olishi mustahkamlangan [1].

Jamoat tartibini buzib, bezorilik hamda qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o'yinlarni tashkil etgan shaxsga oid kriminologik ma'lumotlar mazmunan jinoyatchi shaxsi va uning xulq-atvori to'g'risidagi ma'lumotlarga asoslanadi. Bu ma'lumotlar jinoyatchining individual xususiyatlari uning shaxs sifatida shakllanishiga ta'sir ko'rsatgan ijtimoiy muhit bilan to'g'ri va teskari aloqalariga asoslanadi.

Xususan, so'z bezorilikning kriminologik tavsifi haqida yuritilar ekan, unda ushbu jinoyatni sodir etganlarning shaxsini tavsiflovchi xususiyatlarni ochib berish zarur hisoblanadi [19; 73-b.]. Bezorilik sodir etgan shaxsning turmush tarzi uning ma'naviy qiyofasida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'lgan faol jarayon sifatida baholanib, u barcha ijtimoiy ahamiyatli harakatlar singari odam shaxsiy faoliyatining natijasi hisoblanadi. Har bir aniq vaziyatda faqat shaxsning o'zi jinoyat sodir qilish to'g'risida qaror qabul qiladi [20; 14-15-b.].

References

Foydalanilgan manbalar / References

  1. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentyabrdagi Jinoyat kodeksi. // URL: https://lex.uz/docs/111453
  2. Abdurasulova Q.R., Zakirova A.G., Ismailov I. va boshq. Kriminologiya: Darslik. – T.: OʻzR IIV Akademiyasi, 2023. – B. 16–45.
  3. Abdurasulova Q.R. Kriminologiya: Darslik. – Toshkent: TDYUI, 2008. – B. 63.
  4. Ismailov I., Abdurasulova Q.R., Fazilov I.Y. Kriminologiya. Umumiy qism: IIV oliy taʼlim muassasalari uchun darslik. – T.: Oʻzbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2015. – B. 31. (272 b.)
  5. Шели Д.Ф. Средства массовой информации и преступность. – СПб., 2003. – С. 66–76.
  6. Abdurasulova Q., Zakirova A. Kriminologiya: Oʻquv-uslubiy qoʻllanma. – T.: LESSON PRESS, 2018. – B. 16–25.
  7. Dushanov R.X. Jinoyatchi shaxs psixologiyasi: Oʻquv qoʻllanma. – T.: Oʻzbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2011. – B. 15.
  8. Abdurasulova Q.R., Avanesov G.A., Zaripov Z.S. va boshq. Kriminologiya: Darslik. – T.: Oʻzbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2007. – B. 85.
  9. Плешаков В.А. Концепция криминологической теории ситуаций или ситуационной криминологии Россия: уроки реформ. Научные труды, 2008. – С. 152.
  10. Стручков Н.А. Криминология и проблемы личности преступника // Теоретические проблемы учения о личности преступника. – М.: Юрид. лит., 1979. – С. 128.
  11. Кудрявцев Н.В. Причинность в криминологии. – М.: Юридическая литература, 1998. – С. 22–23.
  12. Niyozova S. Kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan odam oʻldirganlik uchun jinoiy javobgarlik. – Toshkent: TDYUI, 2005. – B. 15.
  13. Кудрявцев С.В. Взаимодействие социально-экономических и социально-психологических процессов в генезисе преступности // Советское государство и право. – 1985. – №12. – С. 22.
  14. Антонян Ю.М. Личность преступника – индивидуальная профилактика преступлений: сопоставление и выводы // Личность преступников и индивидуальное воздействие на них. – М., 1989. – С. 3.
  15. Блувштейн Ю.Д. Теоретические вопросы статистического познания личности преступника по материалам уголовных дел. – М., 1998. – С. 107.
  16. Сахаров А.Б. Криминология и профилактика преступления: Учебник для ВУЗов МВД. – М., 1999. – С. 100.
  17. Хамидов Д.Х. Криминологическая характеристика тяжких насильственных преступлений против личности и их предупреждение: Автореф. дисс. ... канд. юрид. наук. – Ташкент, 2008. – С. 13.
  18. Алауханов Е.О. Криминологические проблемы предупреждения корыстнонасильственных преступлений: Автореф. дисс. ... д-ра юрид. наук. – Алматы, 2004. – С. 30.
  19. Karaketova D.Y. Bezorilik va bezori shaxsining kriminologik tavsifi // Jamiyat va innovatsiyalar – Общество и инновация – Society and Innovations. Special Issue – 2 (2021). ISSN 2181-1415. – B. 73.
  20. Дубовик О.Л. Принятие решения в механизме преступного поведения: Автореф. дис. ... канд. юрид. наук. – М., 1984. – С. 14–15.
  21. Кудрявцев В.Н. Правовое поведение: норма и патология. – М., 1982. – С. 3, 6–9; Преступное поведение (новые исследования) // Сборник научных трудов. – М., 2002.
  22. Долгова А.И. Теоретические посылки и общая характеристика результатов для криминологического изучения личности // Опыт криминологического изучения личности преступника. – М., 1981. – С. 7–10.
  23. Лунеев В.В. Преступное поведение: мотивация, прогнозирование, профилактика. – М., 1980. – С. 112–115.
🔍 View online 📥 Download PDF

APA

Berdialiyev, Baxtiyor (2025). Criminological Characteristics of Persons Who Have Committed Crimes Against Public Order. Criminology, 1(1), 19–27. https://doi.org/

Vancouver

Berdialiyev, Baxtiyor. Criminological Characteristics of Persons Who Have Committed Crimes Against Public Order. Criminology. 2025;1(1):19-27.