Criminology → Volume 1, Issue 1

Some Considerations on the Prevention of Drug Addiction

14.04.2026 Research UZ 🔓 Open Access 👁 8 · 📥 4

Annotation / Abstract

Abstract. This article presents some considerations on the prevention of drug addiction, including the strict suppression of illicit drug trafficking among youth through criminal and legal mechanisms, as well as the establishment of liability for drug-related crimes committed against young people. It also reflects on the severe consequences of substance abuse and provides relevant proposals and recommendations.

Full text

Giyohvandlarni davolash uchun ajratiladigan sarf-xarajatlar oʻz yoʻliga. Ammo, ularning jamiyat hayotiga tahdid solishlarini ham aslo yoddan chiqarish kerak emas. Shu sababli ham giyohvandlar sogʻliqni saqlash tizimidan tashqari ijtimoiy hayotga ham muammo yaratuvchi sifatida tan olinadi.

Giyohvandlik moddalarini suiisteʼmol qilishning eng ogʻir oqibati – bu insonni oilasi va jamiyatidan ajratib qoʻyishi [3]. Giyohvandlik moddalarini suiisteʼmol qilish natijasida bora-bora shaxsning ijtimoiy roli va qadr-qimmati yemiriladi, axloqiy chegaralar susayadi va turli huquqbuzarliklarga moyillik kuchayadi. Buning ustiga, bunday moddalar hayot uchun xavf tugʻdiradi: miya faoliyatini izdan chiqaradi, immun tizimini zaiflashtiradi, butun organizmda chuqur patologik oʻzgarishlar keltirib chiqaradi [4].

Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni uzoq muddat isteʼmol qilish natijasida kasallik koʻrinishidagi qaramlik shakllanadi va u giyohvandlikning uch asosiy bosqichidan oʻtadi.

Birinchi bosqichda oʻta taʼsirchanlik (tolerantlik), eyforiyaning jadal yuz berishi, giyohvandlik vositalariga ruhiy qaramlik kuzatiladi. Bunda organizmning surunkali zaharlanishi va u bilan bogʻliq asoratlar hali mavjud boʻlmaydi. Birinchi bosqich qisqa muddatlidir, u bir necha hafta yoki bir necha oy davom etadi.

Ikkinchi bosqichda barqaror tolerantlikka erishiladi. Giyohvandlik vositalariga ruhiy va jismoniy qaramlik seziladi, organizmning surunkali zaharlanishi alomatlari – ozish, umumiy lohaslik va zaiflik, mehnat qobiliyatining keskin pasayishi kuzatiladi. Ilgari kuzatilgan kasalliklar rivojlanadi. Mazkur bosqich balogʻat yoshidan oʻtgan odamda oʻrta hisobda 5 yildan 10 yilgacha davom etadi.

References

Foydalanilgan manbalar / References

  1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son farmoni // Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y., 06/22/60/0082-son, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son, 21.04.2022-y., 06/22/113/0330-son. https://lex.uz/docs/5841063.
  2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narko-jinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2025-yil 8-noyabrdagi PF-207-son farmoni // Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 8.11.2025-y., 06/25/207/1023-son; 29.12.2023-y. https://lex.uz/docs/7818774.
  3. Axmedov B.M., Zokirov B.G‘. Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qiluvchi uyushgan guruhlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarni tergov qilishdagi ayrim muammolar // Ekstremizm, terrorizm, guruhiy va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash muammolari: Ilmiy-amaliy anjuman materiallari. – T.: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2001. – B. 121.
  4. Shoimov N.B. Giyohvandlikning oqibatlari va oldini olish // ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conferen. – B. 173–181.
  5. O‘razaliyev M. Q. Jinoyatchilik bilan aloqador bo‘lgan ijtimoiy salbiy hodisalarning sabablari va ularning oldini olish: Monografiya. – T.: TDYU nashriyoti, 2023. – 34-b.
  6. Михайлова Ю.В. Международно-правовое регулирование оборота наркотических средств и психотропных веществ: Социальные аспекты здоровья населения. – Москва, 2013. – С. 39–46.
  7. Фесенко Е.В. Правовые основы противодействия незаконному обороту наркотических средств: Монография / Отв. ред. д.ю.н., проф. А.И. Рарог. – М.: Норма, 2023. – С. 178–179.
  8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yish orqali ularning aholi salomatligi va mamlakatimiz genofondiga salbiy ta’sirini bartaraf etish strategik chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2025-yil 6-maydagi PF-73-son farmoni. https://lex.uz/ru/docs/6912475.
  9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2025-yil 3-noyabrdagi farmoni. https://lex.uz/docs/7818774.
🔍 View online 📥 Download PDF

APA

Niyozova, Salomat; Xamidova, Mahbuba (2026). Some Considerations on the Prevention of Drug Addiction. Criminology, 1(1), 19–25. https://doi.org/

Vancouver

Niyozova, Salomat; Xamidova, Mahbuba. Some Considerations on the Prevention of Drug Addiction. Criminology. 2026;1(1):19-25.