Evolution of Modern Criminological Theories: Traditional and Innovative Schools
Annotation / Abstract
Abstract. This article consistently analyzes modern innovative schools - digital criminology, analysis based on artificial intelligence, cognitive model, ecological criminology, and postmodern approaches. The main ideas, representatives, and scientific foundations of each theoretical school are highlighted, the processes of harmony and integration between traditional and modern approaches are considered, and conclusions and proposals are made on the harmonization of theory and practice in the fight against crime.
Full text
Zamonaviy kriminologik yondashuvlar globallashuv, raqamli texnologiyalaming rivojlanishi hamda fanlararo integratsiya ta’sirida shakllanib, jinoyatchilikni o‘rganishda yangi ufqlami ochmoqda. Nazarimda, kriminologiyadagi an’anaviy nazariy paradigmalarga yangicha yondashuv lozim, jumladan: Raqamli jamiyatda jinoyatning mohiyati qanday o'zgaradi? Sun’iy intellekt jinoyatchilikni bashorat qila oladimi? Inson miyasi va ongini o‘rganish jinoyatchiga tushunishda yordam beradimi? Atrof-muhit va ekologik omillar jinoyatga qanday ta’sir ko‘rsatadi? Postmodern davrda “jinoyat” tushunchasining o‘zi hozirda qanday qayta talqin etilmoqda? Quyida shu savollar doirasida ayrim rivojlangan kriminologik innovatsion maktablar tahlil qilishga harakat qilamiz.
Raqamli kriminologiya - kriminologiya fanining raqamli jamiyat sharoitidagi jinoyat va jazoni o‘rganishga ixtisoslashgan yangi yo‘nalishi. Raqamli texnologiyalar hayotimizning barcha jabhalariga kirib borishi natijasida jinoyatchilik ham yangi ko‘rinishlar oldi: kiberjinoyatlar, xususan, kiberfiribgarlik, xakerlik, shaxsiy ma’lumotlami o‘g‘irlash, onlayn tovlamachilik kabi yangi jinoyatlar paydo bo‘ldi. Raqamli kriminologiya avvalgi “kiberjinoyatchilik” mavzularini yanada kengaytirib, raqamli jamiyatda jinoyat va odil sudlovning barcha jihatlarini qamrab oladi.
Tadqiqotchilar endi nafaqat o‘ziga xos texnologik jinoyatlarga (masalan, kompyuter viruslari tarqatish) e’tibor qaratmoqdalar, balki raqamli platformalardagi ijtimoiy jarayonlar - jinoyatni targ‘ib qiluvchi onlayn submadaniyatlar, internet orqali adolat izlovchi fuqarolar harakati (masalan, jamoatchilik tomonidan jinoyatchilami fosh etish - digilantizm), ijtimoiy tarmoqlarda nafrat so‘zlari tarqalishi - bularning barchasi kriminologiyaning tadqiqot obyektiga aylanmoqda.
Masalan, A. Powell va hamkorlari “Raqamli kriminologiya: Raqamli jamiyatda jinoyat va adolat” kitobida raqamli jamiyat sharoitida jinoyat sodir etilishi va jinoyatga munosabatda sodir bo‘layotgan konseptual siljishlami tahlil qilganlar [2].
Ular yangi “texnoijtimoiy kriminologiya” konsepsiyasini ilgari surib, jinoyatning onlayn muhitda namoyon bo‘lishi jamiyatdagi keng ijtimoiy munosabatlar va media-madaniyat bilan uzviy bog‘liq ekanini ta’kidlaydilar. Raqamli kriminologiyaning vujudga kelishi kriminologiya fanini bir necha boshqa sohalar (axborot texnologiyalari, multimedia kommunikatsiyalari, kiberxavfsizlik) bilan yaqindan aloqador qilib, multidisiplinar tadqiqotlami talab qilmoqda.
References
Foydalanilgan manbalar / References
- Deloitte US | Together Makes Progress // web-site // Global news.
- Anastasia Powell, Gregory Stratton, Robin Cameron // Digital Criminology: Crime and Justice in Digital Society book.
- https://www.policechiefmagazine.org/category/topics/global-policing
- https://en.wikipedia.org/wiki/Predictive_policing
- https://algoritmes.overheid.nl/en/algoritme/oorg10264/81228922/crime-anticipation-system-cas
- Cognitive Model of Crime and Delinquency Prevention and Rehabilitation - Assessment Procedures // https://www.ojp.gov.
- https://en.wikipedia.org/wiki/Green_criminology
- Arjan A. J. Blokland and Paul Nieuwbeerta // Life Course Criminology book.
APA
Vancouver
Authors
O'zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti