Women's crime: an analyticalapproach
Annotation / Abstract
Abstract. This article analyzes the concept of crimes against the sexual inviolability of a minor and scientific approaches to its status. In addition, the article presents the opinions of scientists on the fact that sexual crimes are directed against the individual, encroach on sexual freedom and immunity, are one of the most dangerous crimes for society, and its social danger, and provides relevant proposals and recommendations.
Full text
Shu tarzda, jinoyatchilikka moyil ayollaming ijtimoiy-psixologik holati, oilaviy muhiti, iqtisodiy imkoniyatlari va mahalladan olayotgan qo‘llab-quwatlov darajasini kompleks tarzda o'rganish orqali aniq ilmiy xulosalar chiqarish va samarali amaliyotlami shakllantirish mumkin bo‘ladi. Bu esa jinoyatchilikning oldini olishda zamonaviy, maqsadli va barqaror yondashuvni ta’minlaydi.
2024-yil statistik ma’lumotlari tahlili shuni ko‘rsatadiki, respublika miqyosida xotin-qizlar jinoyatchiligi bir qadar pasaygan bo‘lsa-da, hududlar kesimida holat bir xil emas. Umumiy kamayish 0,6 %ni tashkil etgani (7 957 tadan 7 903 taga) jinoyatchilikning barqaror ravishda pasayish tendensiyasi mavjudligini ko‘rsatsa-da, ayrim viloyatlarda aksincha, o'sish kuzatilgani muammoni manzilli va individual tarzda o‘rganish zarurligini taqozo etmoqda.
Ma’lumotlar tahliliga ko‘ra, Samarqand viloyatida ayollar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar 27,8 %ga oshgani, Qoraqalpog‘iston Respublikasida bu ko‘rsatkich 24,6 %ni tashkil etgani, Surxondaryo viloyatida esa 9,9 % o‘sish qayd etilgani ushbu hududlarda kriminogen muhitga ta’sir etuvchi omillar kuchayganidan dalolat beradi. Bu holat ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar, oilaviy nizolar kuchayishi, migratsiya jarayonlari, ayollar bandligining yetarli darajada emasligi yoki profilaktika ishlarining samaradorligiga tegishli masalalar mavjudligini anglatadi.
Shu bilan birga, jinoyatlar sezilarli darajada kamaygan hududlar ham mavjud. Jumladan, Farg‘onaviloyatidajinoyatlarsoni 11,2 %ga, Toshkent shahrida 7,5 %ga, Navoiy viloyatida 7,3 %ga, Qashqadaryo viloyatida esa 6,6 %ga pasaygan. Bu hududlarda profilaktika ishlarining nisbatan tizimli yo‘lga qo‘yilgani, xotin-qizlar bilan ishlashda mahalla, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasidagi hamkorlik samarali ekanini ko‘rsatadi. Shuningdek, ayollar bandligi, ijtimoiy yordam dasturlari, oila institutini qo‘llab-quwatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan choralar natijadorligi yuqori bo'lganini taxmin qilish mumkin.
References
Foydalanilgan manbalar / References
- Oʻzbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-562-son qonuni. https://lex.uz/docs/4494849.
- Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida mahallalarda ijtimoiy profilaktika tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 801-son qarori. https://lex.uz/ru/docs/7243832.
- Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mahallalar faoliyatini tartibga solishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 334-son qarori. https://lex.uz/docs/6972601.
- Jinoyatchilik tendensiyalari va jinoyatchilik omillari davlat hisoboti. – T.: Oʻzbekiston Respublikasi kriminologiya tadqiqot instituti, 2024.
- Внуков В.А. Женщины-убийцы. Убийства и убийцы / Под ред. Краснушкина Е.К. и др. – М., 1928.
APA
Vancouver
Authors
O'zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti