Criminology → Volume 1, Issue 1

Criminological Aspects of Crimes Related to the Illicit Trafficking of Narcotic Drugs and Psychotropic Substances Committed by Minors

14.04.2026 Research UZ 🔓 Open Access 👁 1 · 📥 0

Annotation / Abstract

Abstract. This article substantiates the necessity of drug addiction prevention among minors and ana-lyzes existing problems. It outlines issues related to the prevention of crimes involving the illicit trafficking of narcotic drugs and psychotropic substances committed by minors. Based on the conducted research, the authors justify the need to develop comprehensive preventive measures to reduce the likelihood of drug addiction among the younger generation.

Full text

Giyohvandlik vositalarini isteʼmol qilish shaxsni tanazzuliga olib kelib, uni atrofdagilari uchun jiddiy xavf manbaiga aylantiradi. Giyohvandlik vositalari taʼsirida boʻlgan shaxsning xatti-harakatlarini oldindan aytib boʻlmaydi, ular koʻp holatlarda ogʻir jinoyatlarni sodir etadilar.

Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni isteʼmol qilish nafaqat Oʻzbekistonda, balki, butun dunyoda oʻta xavfli ijtimoiy muammolardan boʻlib, aholi salomatligi va milliy xavfsizlikka jiddiy tahdid tugʻdiradi. Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan bogʻliq jinoyatchilik jilovlanmas ekan, notibbiy isteʼmolchilar koʻpayib, oqibatda ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlar salmogʻi oshishini prognoz qilish mumkin.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2024-yilgi hisobotida keltirilgan prognozlarga koʻra, keyingi 2–3 yil ichida giyohvandlik vositalarini isteʼmol qilish ikki baravar koʻpayishi kutilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasining “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar toʻgʻrisida”gi qonuniga muvofiq, giyohvandlik – giyohvandlik vositalariga ruhiy-jismoniy qaramlik bilan bogʻliq kasallik. Bu kasallik giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni muntazam ravishda notibbiy maqsadda isteʼmol qilish natijasida yuzaga keladi.

Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni kichik dozalarda qabul qilish eyforiyani, katta dozalarda esa mastlik – narkotik uyquni keltirib chiqaradi. Giyohvandlik bilan bogʻliq ilmiy tadqiqotlarning koʻpayishi, giyohvandlar bilan tibbiy, pedagogik va huquqiy jihatdan ishlash boʻyicha amaliy tajribalarning toʻplanishi natijasida giyohvandlikning oddiy kasallik emasligi tobora oydinlashib bormoqda.

Giyohvandlik vositalarining inson organizmiga yetkazadigan zarari nafaqat fiziologik nuqtai nazardan, balki, shaxs deformatsiyasi, ijtimoiy xulq-atvorining buzilishi, jamiyatda mavjud axloqiy va huquqiy meʼyorlardan ogʻib, deviant xulq-atvorga aylanishi bilan tavsiflanadi. Masalan, narkotik modda isteʼmoli eyforiya, yaʼni hayotning jiddiy muammolaridan qutulish, oʻzini baxtli his qilish, sababsiz quvonchli kayfiyatda boʻlish his-tuygʻusini bergani uchun oʻsmirlar uni “faqat bir marta” sinab koʻrishga qaror qilishadi [1; 45-b.].

Keyinchalik bu asta-sekin qaramlikni keltirib chiqaradi.

References

Foydalanilgan manbalar / References

  1. Коломец А.А. Об этиологических факторах наркомании. – М., 2006. – 322 с.
  2. Романова Л.И. Наркотики: преступления, ответственност. – Владивосток, 2010. – 364 с.
  3. O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 19-avgustda qabul qilgan “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida”gi 813-I-son qonuni.
  4. 2024-yil to‘rtinchi choragida Giyohvandlik vositalar va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq jinoyatlarga oid jinoiy ishlar bo‘yicha sud amaliyoti sharhi // O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi byulleteni, 2024. – 8-son.
  5. O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot institutining “Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish jinoyati” nomli ilmiy-amaliy tadqiqot loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlarning yakuniy hisoboti materiallaridan, 2026.
  6. Jinoyatchilik tendensiyalari va omillari davlat hisobotlari (2025-yilning 12 oyi bo‘yicha) materiallaridan, 2026.
  7. O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentyabrda qabul qilgan “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘RQ-637-son Qonuni.
  8. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 29-avgustda qabul qilgan “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi 265-I-son Qonuni.
🔍 View online 📥 Download PDF

APA

Toʻrayev, Ilxomjon; Hasanov, Sharofiddin (2026). Criminological Aspects of Crimes Related to the Illicit Trafficking of Narcotic Drugs and Psychotropic Substances Committed by Minors. Criminology, 1(1), 120–127. https://doi.org/

Vancouver

Toʻrayev, Ilxomjon; Hasanov, Sharofiddin. Criminological Aspects of Crimes Related to the Illicit Trafficking of Narcotic Drugs and Psychotropic Substances Committed by Minors. Criminology. 2026;1(1):120-127.