Criminology → Volume 1, Issue 1

The Concept of Juvenile Delinquency Prevention: Based on the Analysis of National and Foreign Legislation

25.03.2025 Research UZ 🔓 Open Access 👁 1 · 📥 0

Annotation / Abstract

Abstract. The article discusses crime prevention, crime prevention, the activities of state bodies responsible for crime prevention, the concept and types of prevention, types of crime prevention in the legislation of Kazakhstan, Russia, and Belarus, neglect and homelessness of minors, the prevention of juvenile delinquency

Full text

Tahlil va natijalar / Results

Yuqoridagilardan kelib chiqib, biz voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining oldini olish turlarini Oʻzbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisida”gi hamda “Voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi toʻgʻrisida”gi qonunlari doirasida, ushbu soha olimlarining ilmiy izlanishlari hamda amaliyot xodimlarining jinoyatchilikning oldini olish borasida qoʻllab kelayotgan tajribalariga tayangan holda, voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning umumiy, maxsus, yakka tartibdagi hamda viktimologik profilaktikasi kabi turlarga ajratib tadqiq etishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.

Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining oldini olish davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining ijtimoiy sheriklik asosida voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasiga qaratilgan tizimli va kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishni oʻz ichiga oladi[10].

Kriminologik tadqiqotlardan maʼlum boʻlishicha, profilaktika choralarini takomillashtirish orqali har oʻnta jinoyatdan yettitasining oldini olish mumkin [11]. Voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasining har bir turi oʻzining maqsadi, vazifalari, xususiyatlari va afzalliklari asosida ishlab chiqilgan profilaktik chora-tadbirlar tizimiga ega. Mazkur chora-tadbirlar voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligini taʼminlaydi.

Shuningdek, ushbu chora-tadbirlarning muayyan normativ-huquqiy hujjatlarda belgilanishi, voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasiga masʼul davlat organlari hamda jamoatchilik institutlari oʻrtasida vakolatlar taqsimoti va oʻzaro hamkorlik mexanizmlarining aniq belgilanishi muhim ahamiyat kasb etadi.

References

Foydalanilgan manbalar / References

  1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqi. http://uza.uz.
  2. Kriminologiya: Darslik / Z. S. Zaripov, A. S. Yakubov, G. A. Avanesov va boshq.; prof. Z. S. Zaripov tahriri ostida. – T.: Oʻzbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2008. – 420 b.
  3. Криминология: Учебник / Под ред. акад. В. Н. Кудрявцева, проф. В. Е. Эминова. – М., 1997. – С. 103.
  4. Ismailov I. Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining kriminologik tavsifi va profilaktikasi. – T., 2015. – B. 15.
  5. Oʻzbek tilining izohli lugʻati: 80 000 dan ortiq soʻz va soʻz birikmasi. Jild III. – T.: “Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2006. – B. 109, 316.
  6. Ismailov I., Abdurasulova Q. R., Fazilov I. Yu. Kriminologiya. Umumiy qism: IIV oliy taʼlim muassasalari uchun darslik / Masʼul muharrir Sh. T. Ikramov. – T.: Oʻzbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2015. – B. 174–175.
  7. Ismoilov N. T. Voyaga yetmaganlar jinoyatlarining individual oldini olish muammolari: Yurid. fan. nomz. ... dis. – T., 2006. – B. 21.
  8. Xoʻjaqulov S. B. Huquqbuzarliklar umumiy profilaktikasini takomillashtirish: Monografiya / Masʼul muharrir yu.f.d., dos. I. Yu. Fazilov. – T.: Oʻzbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2019. – B. 40.
  9. Сборник законов о профилактике правонарушений стран Содружества Независимых Государств / Сост.: А. С. Турсунов, И. Ю. Фазилов, С. Б. Хужакулов. – Т., 2018. – С. 37, 55, 74.
  10. Kriminologiya. Maxsus qism: Darslik / I. Ismailov, Q. R. Abdurasulova va boshq. – T.: Oʻzbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2015. – B. 15.
  11. Кузнецова Н. Ф. Проблемы криминологической детерминации. – М., 1984. – С. 145.
  12. Абдулла Авлоний. Танланган асарлар: 2 жилдлик, 2-нашри, 2-жилд. Пандлар, ибратлар, ҳикоялар, набийлар ҳаёти, драмалар, мақолалар, саёҳат хотиралари / Таҳрир ҳайъати: Н. Каримов ва бошқ.; тўпловчи: Б. Қосимов; изоҳлар ва луғатни О. Тўлабоев тузган. – Т.: «Маънавият», 2006. – Б. 37.
🔍 View online 📥 Download PDF

APA

Mirzatillayev, Umid (2025). The Concept of Juvenile Delinquency Prevention: Based on the Analysis of National and Foreign Legislation. Criminology, 1(1), 132–136. https://doi.org/

Vancouver

Mirzatillayev, Umid. The Concept of Juvenile Delinquency Prevention: Based on the Analysis of National and Foreign Legislation. Criminology. 2025;1(1):132-136.