Juvenile Delinquency and Its Prevention
Annotation / Abstract
Abstract: This article analyzes the criminological characteristics of crimes committed by minors, their main causes, and preventive measures. The socio-demographic characteristics of juvenile offenders and the factors that encourage their involvement in criminal activities are examined. International andlocal practices aimedatreducingcrime, as well as preventive measures, are proposed.
Full text
Tahlil va natijalar /Results
Bugungi kunga kelib esa, turli olimlarning qarashlaridan kelib chiqqan holda, voyaga yetmaganlar tomonidan jinoyatga qo'l urishning quyidagi sabablarini ajratib ko'rsatish mumkin:
- Tarbiyasi og'ir va g'ayriijtimoiy xulq-atvorli o'smirlarning yoshga oid psixofiziologik sharoitlari [5];
- O'smirlar tomonidan jinoyatlar sodir etilishining psixofiziologik sharoitlari bolalik bosqichidan balog'at yoshiga o'tish bilan bog'liq [6];
- O'smirning ijtimoiylashuvini qiyinlashtiruvchi psixik va jismoniy patologiyalar hamda anomaliyalar [7].
Ya'ni, voyaga yetmagan bolaning balog'atga yetish vaqtida uning salbiy xulq-atvorini shakllantirishi mumkin bo'lgan muhitning, asosan, oilaviy muhit, tarbiya tizimi va jamoaviy nazoratning yetarli darajada tashkil etilmaganligi ushbu jarayonga bevosita ta'sir ko'rsatadi. Oilaviy muhit voyaga yetmaganlarning huquqiy ongi shakllanishida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
Ajrashgan oilalarda yoki nazoratsiz qolgan bolalar orasida jinoyatchilik darajasi yuqori ekani aniqlangan bo'lib, bu holat ota-onaning yetarli darajada nazorat o'rnatmasligi, befarqligi yoki aksincha, haddan tashqari qattiqqo'lligi natijasida yuzaga keladi.
Shu bilan birga, noto'g'ri do'stlar ta'siri ham voyaga yetmaganlarning jinoiy faoliyatga jalb etilishida muhim rol o'ynaydi. Yosh jinoyatchilar orasida guruhiy jinoyatchilik ko'rinishlari keng tarqalgan bo'lib, bunday jinoyatlar ko'pincha tajribali jinoyatchilar yoki jinoyatga moyil bo'lgan shaxslar rahbarligida amalga oshiriladi.
Shunday qilib, voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining kriminologik tavsifi kompleks omillar ta'sirida shakllanadigan murakkab jarayon bo'lib, uning oldini olish uchun tizimli huquqiy va ijtimoiy choralar ko'rish talab etiladi.
References
Foydalanilgan manbalar / References
- Mirziyoyev Sh. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga murojaatnoma // Xalq so'zi. 2022-yil 21-dekabr.
- https://kun.uz
- https://undocs.org/ru/A/36/215
- https://undocs.org/ru/A/36/215. Молодёжная стратегия ООН: Молодёжь – 2030.
- Беличаева С.А. Характеристика современного состояния проблем девиантного поведения несовершеннолетних и пути ее решения. – М., 1995. – С. 91–95.
- Выготский Л.С. Кризисы детского развития. http://lutim.narod.ru/dip.htm
- Выготский Л.С. Проблемы возраста. http://www.gumer.info/bibliotek_Buks/Pedagog/hrestomatia/03.php
- Варданян А.Б. Некоторые проблемы раскрытия и расследования тяжких преступлений против личности, совершенных по сексуальным мотивам // Юрист-Правовед. – 2010. – №4. – С. 11–14.
- Zaripov Z., Ismailov I. Kriminologiya: Darslik. – T.: O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2006. – B. 170.
- Криминология: Учебник для вузов. / А.И. Алексеев, Ю.Н. Аргунова, С.В. Ванюшкин va boshq.; umumiy tahriri A.И. Долговой. – М.: Норма, 2017. – С. 338.
- Rustambayev M.X., Abdurasulova Q.R., Nurmuhammedova G.B. Kriminologiya: Darslik. – T.: Yuridik adabiyotlar Publish, 2024. – 424 b.
- http://www.gov.uz – O'zbekiston Respublikasi hukumat portali rasmiy sayti.
- http://www.stat.uz – O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi rasmiy sayti.
- http://www.norma.uz – Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi rasmiy sayti.
- http://www.lex.uz – O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy axborot bilan ta'minlash markazi rasmiy sayti.
APA
Vancouver
Authors
O'zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universtiteti professoriiteti
O'zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universtiteti