Scientific Approaches to the Objective Signs of Sexual Crimes
Annotation / Abstract
Abstract. This article analyzes the concept of crimes against the sexual inviolability of a minor and scientific approaches to its status. In addition, the article presents the opinions of scientists on the fact that sexual crimes are directed against the individual, encroach on sexual freedom and immunity, are one of the most dangerous crimes for society, and its social danger, and provides relevant proposals and recommendations.
Full text
Otasi nomusiga tekkan qizning ahvoli favqulodda og‘ir, hatto fojialidir. U otasi bilan yomon ish qilganini yaxshi anglaydi, unda aybdorlik tuyg‘usi shakllanadi, bu tuyg‘u uni bir lahza ham tark etmaydi. Sharoit uni o‘zi moddiy jihatdan qaram bo‘lgan ota-onasini yaxshi ko‘rishga majbur qiladi. U o‘zi yordam so‘rab murojaat qilishi mumkin bo‘lgan odam yo‘qligini his qiladi.
U o‘zi va otasi orasidagi munosabatlardan begonalar xabar topgudek bo‘lsa, oila buzilsa, javobgarlik o‘z zimmasiga tushishini, otasini qamab qo‘yishsa, onasi moddiy ko‘maksiz qolishini o‘ylab, onasini ranjitishni istamaydi. Odatda, bu fikrni unga otasi uqtiradi. Jabrlangan bola dahshatli yolg‘izlik va bu dunyoda ortiqchalik tuyg‘usini his etadi.
Shu holat diqqatga sazovorki, ba’zan o‘gay ota yoki ota o‘z qiziga jinsiy zo‘ravonlik qilayotganidan ona xabardor bo‘ladi, biroq bunga qarshilik ko‘rsatishga harakat qilmaydi. Yuz bergan voqeani har xil vajlar, chunonchi: erdan ayrilish, uydan haydalish yoki erining o‘zidan o‘ch olishidan qo‘rqish, atrofdagilardan uyalish, biror-bir suiiste’molliklarning fosh bo‘lishidan cho‘chish va hokazolarga ko‘ra yashirishga harakat qiladi. Biroq barcha holatlarda ham bolaga nisbatan befarqlik odatiy hol ekanligi qayd etiladi. Ayrim hollarda ishni bosdi-bosdi qilishga urinishlar kuzatiladi, bunda onalar turli uydirmalar to‘qish, qiz bolani yolg‘on ko‘rsatmalar berishga ko‘ndirishdan ham qaytmaydilar.
Aksariyat hollarda xotin erining uni tashlab ketishidan qo‘rqadi, ba’zan esa moddiy sabablarga ko‘ra shunday yo‘l tutadi. Ayniqsa, jinoyatchi oilaning birdan-bir boquvchisi bo‘lganida, ona, agar erini qamab qo‘yishsa, oilasining moddiy jihatdan qiyin ahvolga tushib qolishidan cho‘chiydi. Bunga P.ning jinoyat ishi misol bo‘lishi mumkin. U ishdan mast holda kelgan va ular bilan birga yashaydigan, ularning chaqalog‘iga qaraydigan 12 yoshli qayinsinglisining nomusiga tekkan. Jabrlanuvchi ota-onasiz yetim bo‘lgan, shu sababli uni va ukasini katta opasi mazkur oilaning birdan-bir boquvchisi sanalgan mahkum bilan birga tarbiyalagan [13].
References
Foydalanilgan manbalar / References
- Международные акты о правах человека: Сб. документов. – М., 2000. – С. 306-326; Модельный Уголовный кодекс для государств – участников СНГ / Известия вузов // Ж. Правоведение. – 1996. – № 1. – С. 92-150; Волженкин Б.В. Пояснительная записка к Модельному Уголовному кодексу для государств – участников Содружества Независимых Государств // http://правовед.журфак.спб.ру .
- Payzullayev Q.P. Voyaga yetmaganlarning jinoiy daxlsizligi va erkinligini muhofaza qilish muammolari (jinoyat-huquqiy, kriminologik jihatlar): Yurid. fan. nomz. ... dis. avtoref. – Toshkent, 2006; Люблинский П.И. Половые посягательства против детей // Проблемы преступности: Сб. науч. трудов. – М., 1926. – С. 91.
- Антонян Ю.М., Ткаченко А.А., Шостакович Е.В. Криминальная сексология. – М., 1999. – С. 64.
- Payzullayev Q.P. Voyaga yetmaganlar jinsiy daxlsizligiga qarshi tajovuzlarda jabrlanuvchining viktimologik xususiyatlari va uning oldini olish // Davlat va huquq. – 2004. – №1. – B.46–47; Ergashev X.J., Qodirov A.A. Voyaga yetmagan jinoyat qurbonlari va ularga yetkazilgan zararni qoplash // Oʻzbekiston Respublikasida qonunchilikni takomillashtirishning dolzarb muammolari: Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari. – Toshkent, 2005. – B.332–335; Морозова Н.Б. Психические расстройства у несовершеннолетних потерпевших – жертв сексуального насилия: Автореф. дис. ... д-ра мед. наук. – М., 1999. – С. 2.
- Pulatov Yu.S. Oila-turmush sohasida jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan profilaktika faoliyatini yanada takomillashtirish // Oila muhitini sogʻlomlashtirishning vosita va uslublari: Konferensiya materiallari toʻplami. – Toshkent, 2006. – B.53–57; Irsaliyev A. Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining oldini olish zarur boʻlgan oʻziga xos jarayonlar // Huquq-Pravo-Law. – 2001. – №4. – B.22–23; Xudoyberganov S. Факторы, влияющие на формирование преступного поведения несовершеннолетних // Mustaqillik yillarida yuridik fan va amaliyotning rivojlanishi: Ilmiy-nazariy konferensiya materiallari. I qism. – Toshkent, 2002. – B.61–64.
- Нурманова А.Р. К вопросу о личности преступника в сфере бытового насилия // Ж. Ученые труды Академии МВД Республики Казахстан. – 2022. – С. 88.
- Сексопатология. Справочник. – М.: Медицина, 1990. – С. 427, 428, 430.
- Имелинский К. Сексология и сексопатология. – М., 2012. – С. 308.
- Антонян Ю.М., Позднякова С.П. Сексуальные преступления и их предупреждение. – М., 1991. – С. 31; yana qarang: Payzullayev Q.P. Voyaga yetmaganlar jinoiy daxlsizligi va erkinligiga qarshi qaratilgan tajovuzlarning sodir etilish sabablari, shart-sharoitlari va oldini olish muammolari. – Toshkent, 2005.
- Крафт-Эйбинг Р. Половая психопатия. – М., 1996. – С. 73, 530, 544.
- Шостакович Б.В., Ушакова И.М., Потапов С.А. Половые преступления против детей и подростков. – Ростов-на-Дону, 1994. – С. 21.
- Abzalov A.E. Jabrlanuvchining ojiz ahvolidan foydalanib sodir etiladigan jinoyatlar bo‘yicha dastlabki tergovning xususiyatlari: Yurid. fan. nomz. ... dis. avtoref. – Toshkent, 2006. – B.15; Payzullayev Q.P. Voyaga yetmaganlar jinsiy daxlsizligi va erkinligiga qarshi qaratilgan jinoyatlarning yuridik tahlili. – Toshkent, 2006; Taxirov F. Voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy jinoyatlarni sodir etishning ogʻirlashtiruvchi holatlari // Davlat va huquq. – 2004. – №1. – B.49–52.
- Jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent shahar sudi arxividan. JSX-1-240-2016-sonli jinoyat ishi.
- Taxirov F. Jinsiy jinoyatlar uchun javobgarlik masalalarini hal etishda viktimologik muammolar // TDYUI Axborotnomasi. – 2006. – №5. – B.72–77; Niyozova S. Oila doirasida zoʻrlik ishlatib sodir etiladigan jinoyatlarning viktimologik jihatlari // TDYUI Axborotnomasi. – 2007. – №14. – B.62.
- Jinoyatlarga turtki bergan sabablar va omillarni teranroq oʻrganish bunday hollar ancha koʻp ekanligini koʻrsatadi. Shu sababli Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining ayrim qarorlarida jinoyatchi shaxsini, u jinoyatga qoʻl urishiga turtki bergan sabablar va omillarni har tomonlama oʻrganish talabi qoʻyiladi (qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Voyaga yetmaganlarning jinoyatlariga doir ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi 2002-yil 15-oktyabrdagi 21-son Qarori // Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarorlari toʻplami. 1991–2006. T.2. – Toshkent, 2007. – 298 b.).
- Конышев Л.П. Проблемы борьбы с изнасилованиями. – М., 1985. – С. 88.
- Nazarov A. Ona tomonidan yangi tugʻilgan chaqalogʻini qasddan oʻldirish jinoyatlarining oʻziga xos xususiyatlari // Yosh olimlar ilmiy maqolalar toʻplami. – Toshkent, 2005. – №8. – B.186–190.
- Защита прав человека и борьба с преступностью. Документы Совета Европы. – М., 1998. – С. 192–196.
APA
Vancouver
Authors
Toshkent davlat yuridik universiteti