Features of Crime Prevention in Foreign Developed Countries
Annotation / Abstract
Abstract. The article scientifically examines the features of combating and preventing crime in developed foreign countries. In particular, using systematic, comparative legal, and other methods, it highlights the experience of developed foreign countries such as the USA, Canada, Great Britain, Germany, and Japan through the existing methodology and means of influence applied in these countries, as well as cooperation between the police and local communities. The article also draws conclusions on the significant importance of applying foreign experience in combating and preventing crime in Uzbekistan in the future.
Full text
Tahlil va natijalar / Results
Jinoyatchilikning xalqaro miqyosda transmilliylashuvi va unga qarshi kurashish borasida xorijiy davlatlarda mavjud tajriba va bilimlarni o‘rganish hamda ulardan foydalanish O‘zbekistonda jinoyatchilikning oldini olishda katta ahamiyat kasb etadi.
Hozirgi vaqtda jinoyatchilikka qarshi kurashning asosiy yo‘nalishlari orasida uning barvaqt oldini olish, shubhasiz, konseptual ahamiyat kasb etadi.
Jinoyatchilikning oldini olish va profilaktika choralarini ishlab chiqish masalalari har bir davlat qonunchiligi talablaridan kelib chiqqan holda turlicha belgilangan. Ma’lumki, jinoyatchilikning oldini olishda aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqmasdan va amalga oshirmasdan turib unga qarshi kurashish samarasiz bo‘lib qoladi.
So‘nggi yigirma yil ichida G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida, AQSH, Kanada, GFR va Yaponiya kabi rivojlangan davlatlarda jinoyatchilikning oldini olish nazariyasi va amaliyoti faol rivojlandi. Bunda G‘arb davlatlaridagi kriminolog olimlar ijtimoiy hodisa sifatida jinoyatchilikning oldini olish emas, balki uning cheklanishi, aniq kriminogen omillar va holatlarga nisbatan to‘xtatib turuvchi ta’siri haqida so‘z yuritadilar. Shunday bo‘lsa-da, jinoyatchilikning oldini olish yo‘nalishida amaliyotda katta ishlar amalga oshirilmoqda. Jinoyatlarning oldini olish, agar u tizimli va muvofiqlashtirilgan asosda tashkil etilmasa, aholi hayotini yaxshilash va jinoiy sudlovni takomillashtirish chora-tadbirlarini o‘z ichiga olmasa, samarali bo‘lmaydi, deb taxmin qilinadi [2].
Hozirgi vaqtda huquqshunoslar g‘ayriijtimoiy, salbiy hodisalarga nisbatan qo‘llaydigan “jinoyatchilikning oldini olish”, “profilaktika qilish”, “ogohlantirish”, “to‘xtatish”, “barham berish” kabi atamalar nafaqat maxsus adabiyotlarda, balki turli hujjatlarda, shuningdek, matbuotda ham ko‘p uchraydi.
“O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da “jinoyatchilik” atamasining ma’nosi “jamiyat uchun xavfli xatti-harakat” [3], deya ta’riflangan. Agar ushbu atama yuqorida qayd etilgan “jinoyatchilikning oldini olish” atamasi bilan birgalikda tahlil qilinadigan bo‘lsa, “jinoyatchilik – jamiyat uchun xavfli xatti-harakat” degan ma’no kelib chiqadi. Demak, “jinoyatchilikning oldini olish”, “profilaktika qilish”, “ogohlantirish”, “to‘xtatish”, “barham berish” kabi atamalar oxir-oqibat jamiyat uchun xavfli xatti-harakat bo‘lgan jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan.
References
Foydalanilgan manbalar / References
- https://www.xabar.uz/siyosat/shavkat-mirziyoyev-bitta-bolsa-ham
- Криминология: Учебник для вузов / Под общ. ред. А. И. Долговой. – М.: Инфра-М, 2010. – С. 110.
- O'zbek tilining izohli lug'ati. Ikkinchi jild. Tuzatilgan 2-nashri. – T.: O'zbekiston nashriyoti, 2020. – 93-b.
- Филимонов О.В. Индивидуальная профилактика преступлений. – Томск, 1985. – С. 5; Аванесов Г.Ф. Криминология. – М., 1984. – С. 334; Rustambayev M.X., Abdurasulova Q.R., Nurmuhammedova G.B. Kriminologiya: Darslik. – T.: Yuridik adabiyotlar Publish, 2024. – 101-b.
- Гельфанд И.А., Михайленко П.П. Предупреждение преступлений – основа борьбы за искоренение преступности. – М.: Юридическая литература, 1964. – С. 67.
- Лекарь А.Г. Профилактика преступлений. – М., 1972. – С. 45; Зелинский А.Ф. Значение нормы уголовного права для предупреждения преступлений: Автореф. дис. канд. наук. – М., 1966. – С. 4.
- Аванесов Г.А. Криминология. – М., 1984. – С. 339.
- Rustambayev M.X., Abdurasulova Q.R., Nurmuhammedova G.B. Kriminologiya: Darslik. – T.: Yuridik adabiyotlar Publish, 2024. – 103-b.
- O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017-y., 12-son, 184-modda, 37-son, 982-modda; Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi: 16.10.2017-y., 06/17/5204/0114-son; 01.12.2017-y., 06/17/5269/0340-son; 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son; 11.07.2018-y., 06/18/5475/1489-son; 01.10.2018-y., 06/18/5547/1975-son; 02.11.2018-y., 06/18/5566/2153-son; 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son; 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son; 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son; Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi: 07.07.2021-y., 06/21/6257/0645-son; 03.12.2022-y., 06/22/258/1064-son; 06.02.2024-y., 06/24/28/0099-son.
- Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 04/19/197-III/KQ-393-III/2829-son.
- https://lex.uz/uz/docs/6155784
- Huquqiy adabiyotlarda "jinoyatlarning oldini olish" nisbatan umumiy tushuncha sifatida, "jinoyatlar profilaktikasi" tushunchasida esa jinoyatlarning oldini olishda muayyan chora-tadbirlarning roli qayd qilinadi. Shuningdek, bu ikki tushuncha o'rtasida mutlaq tenglik belgisini qo'yish o'rinli emasligi, buning mohiyatini anglash uchun "jinoyatlarning oldini olish" tushunchasining ichki tuzilishini yanada mufassalroq ko'rib chiqish maqsadga muvofiqligi ta'kidlanadi.
- Ананич В.А., Серебрякова И.М. Предупреждение преступности: зарубежный опыт, международное сотрудничество. – М.: НОРМА, 2004. – С. 98.
- https://cyberleninka.ru/article/n/preduprezhdenie-prestupnosti-y-vysoko-razvityh-zarubezhnyh-stranah
- https://cyberleninka.ru/article/n/preduprezhdenie-prestupnosti-v-vysoko-razvityh-zarubezhnyh-stranah
- Воронин Ю.А. Система борьбы с преступностью в США. – М.: АСТ, 1996. – С. 156.
- Уэда К. Преступность и криминология в современной Японии. – М.: Юристъ, 2000. – С. 68.
- https://cyberleninka.ru/article/n/preduprezhdenie-prestupnosti-v-vysoko-razvityh-zarubezhnyh-stranah
APA
Vancouver
Authors
O'zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti