Criminology → Volume 1, Issue 2

Modern Digital Approach to the Prevention of Offenses Committed Within the Framework of Family Relations

11.12.2025 Research UZ 🔓 Open Access 👁 1 · 📥 0

Annotation / Abstract

Abstract. The article shows that violations such as violence, threats, coercion or economic discrimination within family relationships negatively affect not only the individual, but also the moral and social stability of the entire society, and that traditional measures for early detection and prevention of these situations are no longer sufficient. It also highlights the need for an innovative approach to protecting our citizens from domestic violence and a software and platform that will serve to ensure security, and reflects on positive experiences in foreign countries.

Full text

Tahlillarga ko'ra, joriy yilning 6 oyi davomida 416 ta oilaviy (maishiy) zo'ravonlik jinoyatlari sodir etilgan. Har 100 ming aholiga nisbatan hisoblaganda bu ko'rsatkich 1,1 tani tashkil etadi. Respublikamiz hududida o'rtacha hisobda har oy 20–30 tagacha oilaviy (maishiy) zo'ravonlik jinoyatlari sodir etilmoqda. Shuni alohida ta'kidlash joizki, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan, oilaviy munosabatlar bilan bog'liq jinoyat va huquqbuzarliklar o'sib borish tendensiyasini namoyon etmoqda.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, biz quyidagi platformani oilaviy munosabatlar doirasida sodir etiladigan huquqbuzarliklarning oldini olishning asosiy vositalaridan biri deb hisoblaymiz.

Jumladan, platforma oiladagi zo'ravonlik holatlarini aniqlash, jabrlanuvchilarga yordam berish va ichki ishlar organlariga tezkor xabar berish imkonini beradigan, zo'ravonlik sodir etishi mumkin bo'lgan shaxsni to'xtatib qoladigan hamda jabrlanuvchiga zarar yetib qolishining oldini olishga xizmat qiladigan, xalqaro tajribaga asoslangan innovatsion dasturiy ta'minotga ega bo'lishi kerak.

Bundan tashqari, platforma orqali jabrlanuvchilar va shunday holatga tushishi mumkin bo'lgan shaxslar o'z xavfsizligini ta'minlash maqsadida onlayn maslahat va yordam (huquqiy maslahatlar, psixologik yordam hamda reabilitatsiya xizmatlari) olishlari mumkin bo'ladi. Buning uchun oilaviy zo'ravonlikni monitoring qilish va tahlil etishga qaratilgan maxsus dastur ishlab chiqiladi.

Ushbu dastur zo'ravonlik holatlarini aniqlash, jabrlanuvchilarga yordam berish va huquqni muhofaza qilish organlariga tezkor xabar berish imkonini beradi. Oilaviy munosabatlar doirasida sodir etiladigan huquqbuzarliklarga qarshi kurashish maqsadida onlayn platforma orqali jabrlanuvchilar xavfsizligini ta'minlash uchun zarur maslahatlar, yordam va resurslardan foydalanish imkoniyati yaratiladi. Platformada huquqiy maslahatlar, psixologik yordam, reabilitatsiya xizmatlari, shuningdek, ma'lumotlar bazasi va tahlil tizimi mavjud bo'ladi.

Zo'ravonlik holatlari bo'yicha keng qamrovli ma'lumotlar bazasi shakllantiriladi. Ushbu bazada aniq holatlar va statistik ma'lumotlar jamlanib, ulardan kelgusida zo'ravonlik holatlarini oldindan prognoz qilish hamda profilaktika choralarini takomillashtirishda foydalaniladi.

Dasturiy ta'minot va platforma quyidagi salbiy oqibatlarning oldini olishga ham xizmat qiladi:

  • jabrlanuvchilarda ruhiy depressiya, stress va ishonchsizlikning kuchayishi;
  • bolalarda yoshligidan psixologik travmalar va agressiv xulq-atvor shakllanishi;
  • oilalarning parchalanishi hamda ijtimoiy norozilikning ortishi;
  • xotin-qizlarning xo'rlanishi va mehnat bozoridagi passivligi;
  • shaxslarning huquqiy savodxonligi pastligi bilan bog'liq muammolar;
  • maishiy favqulodda holatlar va suitsidal vaziyatlarning yuzaga kelishi.

References

Foydalanilgan manbalar / References

  1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. https://lex.uz/docs/6445145
  2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti rasmiy veb-sayti. https://president.uz/uz/lists/view/3492
  3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 16-sentyabrdagi PQ-286-son “Respublikaning hudud, soha va tarmoqlarida raqamli texnologiyalar joriy etilishini yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori. https://lex.uz/docs/7730357
  4. Ismaylova R. Oilada zo'ravonlikdan jabrlangan shaxslarga psixologik guruhlar usulida yordam ko'rsatish. – Qo'qon DPI, 2025. https://kokandsu.uz/scientific_journals/journal_68a3f85e9c2d0.pdf . Qo'qon DPI. Ilmiy xabarlar, 2025-yil, 3-son, 113–114-b.
  5. Scientific Library. https://slib.uz/en/article/view?id=28393
  6. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-son “2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo'yicha chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori. https://www.lex.uz/docs/7330260
  7. Hilfetelefon. https://www.hilfetelefon.de/ru/
  8. ShelterSafe. https://sheltersafe.ca/ ; Technology Safety Project. https://bcsth.ca/technology-safety-project-resources/ ; Ministry of Gender Equality and Family (Korea). https://www.mogef.go.kr ; Women 1366. https://www.women1366.kr ; Digital Sexual Crime Victim Support Center. https://d4u.stop.or.kr
🔍 View online 📥 Download PDF

APA

Mirzayev, Jahongir (2025). Modern Digital Approach to the Prevention of Offenses Committed Within the Framework of Family Relations. Criminology, 1(2), 154–161. https://doi.org/

Vancouver

Mirzayev, Jahongir. Modern Digital Approach to the Prevention of Offenses Committed Within the Framework of Family Relations. Criminology. 2025;1(2):154-161.