Narcocriminology as an Independent Scientific Branch of Criminology
Annotation / Abstract
Abstract. The article examines narcocriminology as an independent scientific branch of criminology, with particular emphasis on its theoretical and practical significance. It also proposes comprehensive measures aimed at preventing and combating the illicit trafficking of narcotic drugs and psychotropic substances.
Full text
Tahlil va natijalar / Results
XX asrning oxirlarida dunyo miqyosida giyohvandlikning jadal sur'atlarda tarqalishi yoshlar o'rtasida giyohvandlikning oldini olish bo'yicha hukumat darajasida chora-tadbirlar qabul qilishni taqozo etdi va bu giyohvandlik bilan bog'liq jinoyatlarni o'rganish maqsadida mustaqil ilmiy yo'nalish sifatida narkokriminologiyaning paydo bo'lishiga asos bo'ldi.
Bu g'ayriijtimoiy hodisaga qarshi kurashning muhimligini tasavvur qilish uchun quyidagi ikki omilni ko'rsatib o'tish kifoya deb o'ylaymiz. Rasmiy statistika ma'lumotlariga ko'ra, ijtimoiy xavfli qilmishlar umumiy tarkibida giyohvandlik jinoyatchiligi taxminan 15 foizni tashkil etadi. Holbuki, giyohvandlik hamda giyohvandlik moddalari bilan g'ayriqonuniy muomalada bo'lish o'ta yashirin jinoyatlar qatoriga kiradi.
So'nggi yillarda mamlakatimizda va butun dunyoda narkojinoyatchilikning o'sish tendensiyasi kuzatilmoqda.
Ikkinchidan, ilmiy tahlillar shuni ko'rsatadiki, giyohvandlik moddalarini iste'mol qiluvchilarning uchdan ikki qismidan ko'prog'ini 30 yoshga to'lmagan yoshlar tashkil etadi. Vaholanki, aholining bu toifasi ijtimoiy taraqqiyotni belgilovchi ishlab chiqarish kuchlarining o'zagi hisoblanadi.
Bunda yana bir muhim holatni hisobga olish lozim, ya'ni ijtimoiy-iqtisodiy tuzumning tubdan o'zgarishi, yangi xalqaro munosabatlar va umumiy aloqalar rivojlanishi munosabati bilan mamlakatimiz Sharqdan G'arbga, Janubdan Shimolga giyohvandlik vositalari olib o'tiladigan o'ziga xos "tranzit yo'lagi"ga aylangan.
Bu hamda bu yerda qayd etilmagan boshqa omillar giyohvandlik vositalarining tarqalishi va iste'mol qilinishiga qarshi kurash borasidagi oldingi yondashuvlarni jiddiy qayta ko'rish zarurligidan dalolat beradi [2; 9–10-b.].
References
Foydalanilgan manbalar / References
- Kriminologiya fanining shakllanishi, rivojlanishi va hozirgi holati: Oʻquv qoʻllanma / I. Ismailov, Q. R. Abdurasulova, I. Yu. Fazilov. – T.: Oʻzbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2014. – 57-b.
- Kriminologiya: Darslik / Q.R. Abdurasulova, A.G. Zakirova, I. Ismailov va boshq. – T.: Oʻzbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2023. – 354 b.
- Старков О.В. Криминология: Общая, Особенная и Специальные части: Учебник. – СПб.: Юридический центр Пресс, 2012. – 1048 с.
- Криминология: Учебник / Под ред. Н.Ф. Кузнецовой, В.В. Лунеева. – М.: Волтерс Клувер, 2005. – 640 с.
- Антонян Ю.М. Криминология. Избранные лекции. – М.: Логос, 2004. – 448 с.
- Лунеев В.В. Курс мировой и российской криминологии: Учебник. Т. 1. Общая часть. – М.: Юрайт, 2011. – 1003 с.
- Клейменов М.П. Криминология: Учебник. – М.: Норма, 2011. – 448 с.
- Otajonov A.A. Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar: Oʻquv qoʻllanma. – T., 2013. – B. 3.
- Yoshlar oʻrtasida giyohvandlik va psixotrop moddalar isteʼmolining oldini olishga qaratilgan jamoatchilik eshituvi (28.11.2024).
- Jinoyatchilik omillari davlat hisoboti (2024-yil).
APA
Vancouver
Authors
O'zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti
O'zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti