Criminology → Volume 1, Issue 1

Establishing an Effective System for Combating Drug Addiction in Mahallas

14.04.2026 Research UZ 🔓 Open Access 👁 9 · 📥 5

Annotation / Abstract

Abstract. This article provides a comprehensive analysis of the formation of an effective system to combat drug addiction in mahallas, based on the principles of state policy and social prevention. It substantiates the modern risk factors of drug addiction, its negative impact on society – particularly on youth – and the specific role of the mahalla institution in combating this vice. The article systematically outlines the individual responsibilities of each member of the “mahalla seven” in the fight against drug addiction. Furthermore, it proposes priority directions for establishing an effective system through targeted work with individuals requiring special attention and by implementing a comprehensive approach grounded in social prevention.

Full text

Mahalla raisi bu tizimda oddiy rahbar emas, balki, mahalladagi barcha profilaktik kuchlarni bir nuqtaga jamlaydigan muvofiqlashtiruvchi markazdir. Uning asosiy vazifasi hududdagi ijtimoiy muhitni bilish, nizoli va notinch oilalar hamda shaxslarni umumiy nazoratda ushlash, mahallaga biriktirilgan davlat organlari vakillarini jalb qilgan holda ijtimoiy profilaktika tadbirlarini hamkorlikda tashkil etish va natijadorlikni taʼminlashdan iborat. Profilaktika inspektori esa giyohvandlikka qarshi kurashning huquqiy va operativ tayanch bo‘g‘ini sifatida shaxslar bo‘yicha xulosa tayyorlaydi, profilaktik suhbatlar o‘tkazadi, turmush tarzi va ijtimoiy muammolarni baholaydi hamda boshqa subyektlar bilan birga individual ishlashni yo‘lga qo‘yadi.

Hokim yordamchisining roli esa bu jarayonda nihoyatda muhim: u band bo‘lmagan, doimiy daromad manbaiga ega emas, iqtisodiy nochorlik tufayli xavf guruhiga tushib qolgan fuqarolarni bandlik, kasb, tadbirkorlik va daromad manbai bilan taʼminlash orqali giyohvandlikka olib boruvchi iqtisodiy ildizlarni bartaraf etadi [5].

Demak, mahallada giyohvandlikka qarshi kurash samaradorligi, bir tomondan, huquqiy nazorat, ikkinchi tomondan esa, ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni bir vaqtda taʼminlashga bog‘liq. Yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli va ijtimoiy xodimning vazifalari aynan giyohvandlikning “ko‘rinmas” ildizlarini bartaraf etishda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Yoshlar yetakchisi bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish, ishsiz va nazoratsiz yoshlarni aniqlash, ularni taʼlim, sport, kasb-hunar va ijtimoiy faollikka jalb etish orqali xavfli og‘ishlarning oldini oladi [6]. Xotin-qizlar faoli oiladagi maʼnaviy-ruhiy muhit, onalar bilan ishlash, farzand tarbiyasi, nizoli va ajrim yoqasidagi oilalarga ko‘maklashish orqali giyohvandlikning oilaviy omillariga qarshi taʼsir ko‘rsatadi.

References

Foydalanilgan manbalar / References

  1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2025-yil 3-noyabrdagi PF-207-son farmoni.
  2. Berdialiyev B.E. Ijtimoiy profilaktika faoliyatini tashkil etish asoslari: Oʻquv-uslubiy qoʻllanma. – T.: Oʻzbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti, 2025. – 67 b.
  3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida mahallalarda ijtimoiy profilaktika tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 30-noyabrdagi 801-son qarori.
  4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Jamoat tartibini saqlash, jamoat xavfsizligini taʼminlash va huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi Hukumat qarorlarini tizimlashtirish toʻgʻrisida” 2025-yil 1-dekabrdagi 754-son qarori.
  5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Hokim yordamchilari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2022-yil 16-fevraldagi 72-son qarori. https://lex.uz
  6. “Mahalla yettiligi”dagi yoshlar yetakchisining vazifalari boʻyicha uslubiy qoʻllanma. – T.: Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, 2024. – 17 b.
  7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 1-martdagi PF-81-son farmoni.
  8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga ijtimoiy xizmatlar va yordamlar koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 28-sentyabrdagi PQ-319-son qarori.
  9. Jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan “mahalla yettiligi”ning tarkibi sifatida soliq inspektorining asosiy vazifalari, huquqlari va majburiyatlari. Uslubiy qoʻllanma. – T.: Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, 2024. – 19-b.
  10. Abdurasulova Q. R. Ayollar jinoyatchiligi va ularning oldini olish muammolari: Oʻquv qoʻllanma / Masʼul muharrir prof. M.H. Rustambayev. – T., 2009. – 161/40-bet.
  11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yoʻnalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2025-yil 5-yanvardagi PQ–1-son qarori.
🔍 View online 📥 Download PDF

APA

Berdialiyev, Baxtiyor (2026). Establishing an Effective System for Combating Drug Addiction in Mahallas. Criminology, 1(1), 11–18. https://doi.org/

Vancouver

Berdialiyev, Baxtiyor. Establishing an Effective System for Combating Drug Addiction in Mahallas. Criminology. 2026;1(1):11-18.