Latent Crime as an Object of Criminological Research
Annotation / Abstract
Abstract. The article, based on a study of scientific sources and regulatory legal documents, reveals the need and importance of studying "latent", i.e. "hidden" crime as an object of criminological research, its concept, types, the degree of latency of individual crimes and the factors determining the need for such a study, and also forms conclusions based on the results of an analysis of theoretical and practical problems associated with the topic under consideration..
Full text
Tahlil va natijalar / Results
Latent jinoyatga bir muncha kengroq ta’rif O.I. Ismoilov tomonidan berilgan bo‘lib, uning
fikriga ko‘ra, latent jinoyat – muayyan davlatning vakolatli organlariga ma’lum bo‘lmagan,
ma’lum bo‘lsa-da, g‘arazli maqsadda ro‘yxatdan yashirilgan, ilgari ro‘yxatga olinmagan yoki
ro‘yxatga olinsa-da, noto‘g‘ri kvalifikatsiya qilish natijasida jinoyat deb topilmagan, jinoyat
tarkibining barcha alomatlari mavjud bo‘lgan ijtimoiy xavfli qilmish
.
A.A. Konev latent jinoyatchilik
tushunchasiga quyidagicha ta’rif beradi:
Javobgarlikka tortish muddatlari o‘tib ketmagan, vakolatli huquqni muhofaza qiluvchi
organlar tomonidan muayyan maqsadga yo‘naltirilgan tezkor qidiruv va boshqa harakatlar
natijasida aniqlanmagan jinoyatlar hamda jinoyat sodir etganlik haqidagi ma’lumotlarni
saqlovchi fuqaro, muassasa va korxonalardan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga
tushmagan jinoyatlar latent jinoyatlar deb hisoblanadi
[39. B. 139].
A.Yu. Reshetnikov va O.R. Afanasyevaning fikriga ko‘ra, latent jinoyatchilik – bu rasmiy statistikalarda aks etmagan, ya’ni yashirin yoki ro‘yxatga olinmagan faktik jinoyatchilikning qismidir. Hisobot davri davomida (yil, yarim yil, chorak yoki oy) davlat yoki mintaqada ma’lum miqdorda jinoyatlar sodir etiladi va bu faktik jinoyatchilikni tashkil etadi. Biroq statistik hisobda faqat davlat organlari tomonidan ro‘yxatga olingan jinoyatlar aks ettiriladi. Natijada faktik sodir etilgan jinoyatlarning sezilarli qismi rasmiy statistikada o‘z ifodasini topmaydi [20].
Umuman olganda, yuqoridagi yuridik adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, kriminologiyada
latent jinoyatchilik
tushunchasi yuzasidan barcha tomonidan birdek e’tirof etilgan yagona
ta’rif mavjud emas. Latent jinoyatlarning eng sodda, zamonaviy va lo‘nda ta’rifi
S.M. Inshakov tomonidan berilgan bo‘lib, unga ko‘ra:
latent jinoyatlar – bu sodir etilgan jinoyatlarning ro‘yxatdan o‘tkazilmagan qismi
[16; 14. B. 65–70].
Kriminologiyaga oid adabiyotlarda latent jinoyatchilik ikki qismdan iborat ekani ta’kidlanadi. Birinchi qism hisobga olinmagan, ya’ni davlat idoralari, avvalo huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ro‘yxatga olinmagan jinoyatlarni qamrab oladi. Ikkinchi qism esa amalda mavjud bo‘lgan va ko‘pchilik tomonidan jinoyat sifatida baholanadigan, biroq hozirgacha davlat tomonidan rasman jinoyat deb e’tirof etilmagan ijtimoiy xavfli qilmishlardan iborat. Shuningdek, ilgari amal qilgan analogiya instituti, garchi qonuniylik tamoyiliga zid bo‘lsa-da, qonunchilikdagi ayrim bo‘shliqlarni to‘ldirish imkonini bergani qayd etiladi [3. B. 12; 2. B. 26; 36. B. 29–30].
References
Foydalanilgan manbalar / References
- Mirziyoyev Sh.M. Hozirgi zamon va Yangi O‘zbekiston. – T.: “O‘zbekiston”, 2024. – 560 b. – B. 456.
- Abdurasulova Q.R. Kriminologiya: Darslik / Mas’ul muharrir yu.f.d., prof. Rustambayev M.H. – T.: TDYUI nashriyoti, 2008. – 305 b. – B. 26.
- Abdurasulova Q., Niyozova S. Jinoyatchilik va jinoyatchi shaxsi muammolari: O‘quv qo‘llanma / Mas’ul muharrir yu.f.n., dos. Sharipova G.S. – T.: TDYUI, 2006. – 87 b.
- Abdurasulova Q. Ichki ishlar organlarining korrupsiyaga qarshi kurashishdagi faoliyatining ilmiy-nazariy va huquqiy asoslarini takomillashtirish: davra suhbati // Yurist axborotnomasi. – 2018. – № 3. – B. 18.
- Абельцев С.Н. Личность преступника и проблемы криминального наследия. – М., 2000. – С. 66.
- Anorboyev A.U. Kiberjinoyatchilik, unga qarshi kurashish muammolari va kiberxavfsizlikni ta’minlash istiqbollari: Monografiya. – T., 2020. – B. 158–159.
- Altiyev R.S. Firibgarlikning jinoyat-huquqiy va kriminologik jihatlari: Yurid. fan. bo‘yicha falsafa d-ri (PhD)... dis. avtoref. – T., 2020. – B. 3.
- Большая юридическая энциклопедия. – М.: Эксмо, 2008. – С. 277.
- Боровиков В. Ответственность за вовлечение несовершеннолетних в занятие проституцией // Законность. – 1992. – № 12. – С. 14.
- Chris Crowther. An Introduction to Criminology and Criminal Justice. – 2007. – P. 168.
- Дамаскин О.В. Коррупция: состояние, причины, противодействие: Монография. – М.: Триумфальная арка, 2009. – С. 16.
- Эффективность юридической ответственности в охране окружающей среды. – М.: Наука, 1985. – С. 116.
- Исмоилов О.Ю. Латент жиноятчиликнинг тушунчаси ва уларни таснифлашнинг хусусиятлари // Kriminologiya va jinoiy odil sudlov. – 2021. – № 1–2. – Б. 72–78.
- Ismoilov O.Yu. Latent jinoyatchilik: tushunchasi va tavsifiy xususiyatlari // Yurist axborotnomasi. – 2021. – № 2. – B. 65–70.
- Ismailov I., Ziyodullayev M.Z. Voyaga yetmaganlar jinoyatlarining kriminologik tahlili va o‘ziga xos xususiyatlari // Huquqiy tadqiqotlar jurnali (Journal of Law Research). – 2025. – Vol. 10. – Issue 2. – Pp. 79–98.
- Иншаков С.М. Латентная преступность в Российской Федерации: 2001–2006 / Под ред. С.М. Иншакова. – М.: Закон и право, ЮНИТИ-ДАНА, 2007. – 351 с.; Иншаков С.М. Латентная преступность как объект исследования // Криминология: вчера, сегодня, завтра. – 2009. – № 1 (16). – С. 107–130.
- Ильяшенко А.Н. Основные черты насильственной преступности в семье // Социологические исследования. – 2003. – № 4.
- Каширин Р.М. Оперативно-розыскное предупреждение незаконного оборота наркотических средств в исправительных учреждениях: Дис. ... канд. юрид. наук. – Псков, 2012.
- Karpova D.N. Cybercrimes: a Global Issue and Its Solution // Vlast' (The Power). – № 8. – Pp. 46–50.
- Решетников А.Ю., Афанасьева О.Р. Криминология: Учебное пособие для вузов. – 2-е изд., перераб. и доп. – М.: Юрайт, 2024. – 166 с.
- Ismailov I., Abdurasulova Q.R., Fazilov I.Yu. Kriminologiya. Umumiy qism: Darslik / Mas’ul muharrir Ikramov Sh.T. – T.: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2015. – 272 b. – B. 74.
- Kriminologiya: Uchebnik / Otv. redaktor Rustambayev M.X. – Tashkent: TGYUI, 2008. – S. 233.
- Zaripov Z.S., Yakubov A.S., Avanesov G.A. va boshq. Kriminologiya: Darslik / Prof. Z.S. Zaripov tahriri ostida. – T.: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2006. – 539 b. – B. 60.
- Лунеев В.В. Преступность ХХ века. Мировые, региональные и российские тенденции. – М., 1997. – С. 125.
- Mustafoqulov B.A. Voyaga yetmagan shaxslar jinoyatchiligiga qarshi kurash tizimini takomillashtirish – davr talabi // Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida yetuk professional kadrlarni tayyorlash: tendensiyalar va istiqbollar: Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (2024-yil 4-sentabr) / Mas’ul muharrir: Nigmatov R.O. – T.: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2024. – 594 b. – B. 559–562.
- Meliyev X.X. Korrupsiyaviy jinoyatchilik va unga qarshi kurashishning kriminologik choralari: Yurid. fan. bo‘yicha falsafa d-ri (PhD)... dis. avtoref. – T., 2024. – 59 b.
- Murodov A.Sh. Ichki ishlar organlarining oiladagi zo‘ravonlik bilan bog‘liq huquqbuzarliklar profilaktikasini takomillashtirish: Yurid. fan. bo‘yicha falsafa d-ri (PhD)... dis. – T., 2019. – B. 28, 110.
- Mo‘minov B.A. Firibgarlik to‘g‘risidagi jinoyat ishlarini ko‘rib chiqishga oid sud amaliyotining dolzarb masalalari // Firibgarlik va kiberjinoyatlar sodir etilishini oldini olishdagi huquqiy muammolar: xalqaro konferensiya materiallari (2021-yil 5-oktyabr). – B. 77–78.
- Миненок М.Г., Миненок Д.М. Корысть. Криминологические и уголовно-правовые проблемы. – СПб.: Юридический центр Пресс, 2001. – С. 81.
- Mirshayeva K.O. Ayollar tomonidan g‘araz maqsadlarda zo‘rlik ishlatib sodir etiladigan jinoyatlarning oldini olish: Yurid. fan. bo‘yicha falsafa d-ri (PhD)... dis. – T., 2024. – B. 77.
APA
Vancouver
Authors
O'zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universtiteti
O'zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti
О ‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish Akademiyasi