Criminology → Volume 1, Issue 2

Tasks in the Sphere of Social Prevention in Identifying Criminogenic Factors

11.12.2025 Research UZ 🔓 Open Access 👁 1 · 📥 0

Annotation / Abstract

Abstract. The article scientifically analyzes the role of the prevention inspector in the system of crime and offense prevention, his functional tasks, mechanisms of interaction with the community and state bodies, as well as his practical activities in the field of social prevention. It is argued that the activities of the prevention inspector are of great importance in ensuring public safety, comprehensive work with individuals in the "risk group" and the prevention of offenses based on modern approaches.

Full text

  1. Spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarga ruju qo‘ygan shaxslar bilan ishlash.

    Profilaktika inspektori mazkur toifadagi shaxslarning turmush tarzi, xulq-atvori va oilaviy sharoitini har tomonlama o‘rganadi. Ular bilan individual profilaktik suhbatlar o‘tkazish orqali ijtimoiy-psixologik holati baholanadi hamda kasbiy salohiyati aniqlanib, kasb-hunar o‘rganish va bandligini ta’minlash imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, shaxslarni sog‘lom turmush tarziga qaytarish, ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish, zaruratga ko‘ra tibbiy ko‘rik va psixologik reabilitatsiya tadbirlariga yo‘naltirish orqali salbiy odatlarning kelib chiqishiga sabab bo‘layotgan omillarni bartaraf etish choralari amalga oshiriladi.

  2. Qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarga ruju qo‘ygan shaxslar bilan ishlash.

    Mazkur toifadagi shaxslarning turmush tarzi, oilaviy muhiti va xulq-atvori o‘rganilib, ular bilan individual profilaktik suhbatlar tashkil etiladi. Suhbatlar davomida qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarning shaxs, oila va jamiyat hayotiga salbiy ta’siri hamda bunday harakatlar uchun nazarda tutilgan huquqiy javobgarlik tushuntiriladi. Shu bilan birga, salbiy odatlarni bartaraf etish, shaxsni ijtimoiy foydali faoliyatga jalb qilish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bo‘yicha amaliy choralar ko‘riladi.

  3. G‘ayriijtimoiy xulq-atvorli shaxslar bilan ishlash.

    Profilaktika inspektori g‘ayriijtimoiy xulq-atvorli shaxslarning turmush tarzi, xulq-atvori va bunday xatti-harakatlarni yuzaga keltirayotgan sabab hamda shart-sharoitlarni aniqlaydi. Ular bilan individual profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, sog‘lom turmush tarziga qaytarish hamda ijtimoiy muhitga moslashtirish bo‘yicha zarur choralar amalga oshiriladi. Ushbu faoliyatning asosiy maqsadi shaxsning g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarini bartaraf etish va uning jamiyatga ijobiy integratsiyasini ta’minlashdan iborat.

  4. Jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan va profilaktik hisobda turgan shaxslar bilan ishlash.

    Mazkur toifadagi shaxslarning turmush tarzi, xulq-atvori, oilaviy va moddiy ahvoli kompleks ravishda tahlil qilinadi. Profilaktika inspektori ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunar o‘rganish va tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish yuzasidan amaliy ko‘mak ko‘rsatadi. Shu bilan birga, mahalla fuqarolar yig‘ini, bandlik organlari va boshqa tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda shaxsning ijtimoiy moslashuvini ta’minlash hamda takroriy huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan kompleks profilaktik tadbirlar amalga oshiriladi.

  5. Qarovsiz va nazoratsiz qolgan voyaga yetmaganlar bilan ishlash.

    Profilaktika inspektori qarovsiz va nazoratsiz qolgan voyaga yetmaganlarning yashash sharoiti, oilaviy muhiti va xulq-atvorini o‘rganadi. Vasiy yoki homiysi bo‘lmagan voyaga yetmaganlarga mas’ul shaxslarni biriktirish, ularni ta’lim muassasalari, fan, kasb-hunar, sport va boshqa to‘garaklarga jalb etish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni davlat va jamoat tashkilotlari ko‘magiga yo‘naltirish bo‘yicha zarur choralar ko‘riladi. Natijada voyaga yetmaganlar uchun xavfsiz, barqaror va salbiy ta’sirlardan himoyalangan ijtimoiy muhitni shakllantirishga xizmat qilinadi.

References

Foydalanilgan manbalar / References

  1. O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi qonuni.
  2. O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 16-sentyabrdagi “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi qonuni.
  3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
  4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-dekabrdagi “Jamoat xavfsizligini ta’minlash samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
  5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni.
  6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-fevraldagi “Biriktirilgan hududda ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatini baholash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori.
  7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-noyabrdagi “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida mahallalarda ijtimoiy profilaktika tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori.
  8. Jinoyatchilik tendensiyalari va jinoyatchilik omillari davlat hisoboti. O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti. – Toshkent, 2024.
  9. Ziyodullayev M.Z., Isayev S.A. Huquqbuzarliklar profilaktikasining huquqiy asoslarini takomillashtirish yo‘lida. // Qalqon. – 2015. – № 1. – B. 7.
  10. Ismailov I., Muxamedov O‘.X., Ziyodullayev M.Z. va boshq. Ichki ishlar organlari tizimidagi tub islohotlar – xalq manfaatlariga xizmat qilishni ta’minlash kafolati: O‘quv qo‘llanma. – T., 2017. – B. 89.
🔍 View online 📥 Download PDF

APA

Berdialiyev, Baxtiyor (2025). Tasks in the Sphere of Social Prevention in Identifying Criminogenic Factors. Criminology, 1(2), 9–16. https://doi.org/

Vancouver

Berdialiyev, Baxtiyor. Tasks in the Sphere of Social Prevention in Identifying Criminogenic Factors. Criminology. 2025;1(2):9-16.