Criminology → Volume 1, Issue 2

The Concept of Corruption in Various Disciplines and in Anti-Corruption Legislation

11.12.2025 Research UZ 🔓 Open Access 👁 5 · 📥 3

Annotation / Abstract

Abstract. The article explains the concept of corruption in various disciplines and in the legislation of the Republic of Uzbekistan on combating corruption, and expresses relevant opinions and considerations.

Full text

Korrupsiya davlat uchun jiddiy tahdid bo‘lib, u davlatning harakat qobiliyatini pasaytiradi, iqtisodiy rivojlanishni sekinlashtiradi, qonun ustuvorligi prinsiplarini buzadi, fuqarolaming davlat hokimiyatiga bo‘lgan ishonchini susaytiradi. Shuning uchun ham korrupsiya muammosi, shuningdek, uni minimallashtirish va bartaraf etish vazifasi zamonaviy dunyoda eng dolzarb va ustuvor vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bu tasoddif emas, chunki “korrupsiya jinoiy xususiyatdagi alohida muammodan milliy miqyosdagi muammoga aylandi” [6].

Ilmiy hamjamiyat vakillari korrupsiyaning tadbirkorlik [7], huquq-tartibot [8], xalqaro hamkorlik [9] va umuman, jamiyat hayotining barcha sohalari [10] uchun xavfliligini qayd etadi, korrupsiya terrorizm va ekstremizm [11] kabi eng xavfli jinoyatlar bilan tenglashtiriladi, ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar va davlat-huquqiy islohotlarga to‘siq sifatida qaraladi [12].

Korrupsiyaga qarshi kurashish borasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 28-dekabrda “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni [13] va 2017-yil 3-yanvarda “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonun [14] qabul qilingandan so‘ng korrupsiyani mustaqil huquqiy hodisa sifatida ilmiy jihatdan jiddiy o‘rganish boshlandi [15].

Korrupsiya turli fanlar - sotsiologiya, siyosatshunoslik, iqtisod, huquqshunoslik va boshqa fanlaming o‘rganish predmetiga aylandi. Shu bilan birga, korrupsiyaning mohiyatini anglash uchun turli yondashuvlar qo‘llanila boshlandi. Bunda, korrupsiyaning mohiyatini tushunish uchun turli yondashuvlardan foydalaniladi. Masalan, siyosatshunoslikda korrupsiya deviant siyosiy xulq-atvor sifatida, sotsiologiyada ijtimoiy guruhlaming o‘ziga xos xulq-atvori yoxud tizimning muayyan nuqsoni sifatida, iqtisodiyotda mansabdor shaxslar ixtiyoridagi resurslami manipulyatsiya qilish hisobiga ishlab chiqilmagan daromad olish usuli (yoxud foydani noqonuniy ratsional hisoblash yo‘li) sifatida qaraladi.

Shu bilan birga, barcha fanlarda “korrupsiya - jamiyatda shaxsning o‘z mavqeidan shaxsiy maqsadlarda foydalanishni anglatuvchi umumiy atama” [16] bo‘lib, uning mohiyati “mansabdor shaxslar tomonidan xizmat vakolatlaridan foydalangan holda, g‘arazli maqsadlarda boylik orttirish, boshqa moddiy manfaatlarga ega bo‘lish” [17] dan iborat degan fikrda birdamdirlar.

Yurisprudensiya fan sifatida, qonunchilik, davlat va mahalliy boshqaruv bilan yaqindan bog‘liq bo'lib, korrupsiyani o‘rganadigan boshqa fanlarga nisbatan eng samaralisi hisoblanadi.

References

Foydalanilgan manbalar / References

  1. Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yoʻlimizni qatʼiyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga koʻtaramiz. – T., “Oʻzbekiston”, 2017. – 226 b.
  2. https://sputniknews-uz.com/20210420/aholining-83-fizidan-ziyodi-ozbekistonda-korruptsiyabor-debhisoblaydi---sorov-natijalari---18410152.html
  3. Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 1-son, 2-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son; 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son.
  4. Купреев С.С. Российское антикоррупционное законодательство и пути преодоления правового нигилизма в обществе // Роль общественной экспертизы законодательства как формы взаимодействия государства и гражданского общества: Материалы конференции 9 декабря 2009 года, г. Москва. – М., 2009. – С. 184.
  5. Овчинников О.А., Тришкин С.В. Правовые и социальные аспекты, оказывающие влияние на коррупционную ситуацию в России // Административное право и процесс. – 2012. – № 5. – С. 9.
  6. Цирин А.М. Противодействие коррупции в Российской Федерации: проблемы правового регулирования // Журнал российского права. – 2002. – № 2.; Бадруддинов М.С., Рахимов С.Ф. Борьба с коррупцией: опыть Республики Татарстан // Журнал российского права. – 2012. – № 12. – С. 60.
  7. Симанович А.А. Институциональные корни коррупции // Безопасность бизнеса. – 2009. – № 3. – С. 34.
  8. Чершенцев В.С. Коррупция о российская уголовная политика // Российский следователь. – 2007. – № 7.
  9. Власенко Н.А., Грачева С.А., Рафалюк Е.К. и др. Правовые средства противодействия коррупции: научно-практическое пособие / отв. ред. Н.А. Власенко). – М.: ЭПС “Система ГАРАНТ”, 2013.
  10. Попова Н.Ф. К вопросу о борьбе с коррупцией в сфере государственного управления // Адм. право и процесс. – 2011. – № 10. – С. 5.
  11. Губарева Т.И. Воспитательная функция в юридическом образовании в свете проводимой антикоррупционной политики // Юридическое образование и наука. – 2013. – № 3. – С. 12.
  12. Костенников М.В., Куракин А.В., Калита И.А. Прокуратура и противодействие коррупции // Российская юстиция. – 2013. – № 8. – С. 35.
  13. Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 1-son, 5-m.
  14. Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 1-son, 2-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari bazasi, 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son; 24.05.2019-y., 03/21/683/0375-son; 19.11.2021-y., 03/21/729/1064-son; 09.08.2023-y., 03/23/860/0571-son; 05.06.2024-y., 03/23/931/0402-son; 26.02.2025-y., 03/25/1038/0188-son.
  15. Ollamov Ya.Y. Davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari: oʻzaro munosabatlarda murojaatlarning oʻrni, jamoatchilik nazoratining roli va murojaatlar bilan ishlashni takomillashtirish muammolari. – T., 2021. – B. 303–424.
  16. Сименович А.А. Институциональные корни коррупции // Безопасность бизнеса. – 2009. – № 3. – С. 30.
  17. Хабриева Т.Я. Научно-правовые проблемы противодействия коррупции // Журнал российского права. – 2012. – № 7.
  18. Трунцевский Ю.В. О мерах по уничтожению коррупции в России // Российский следователь. – 2012. – № 1. – С. 24.
  19. Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi. – T.: Yridik adabiyotlar publish, 2025. – B. 192–223.
  20. Трунцевский Ю.В. О мерах по уничтожению коррупции в России // Российский следователь. – 2012. – № 1. – С. 23.
  21. Ревина С.Н., Хваткова В.А. Некоторые вопросы с коррупцией: международный аспект // Вестник Самарского государственного экономического университета. – 2013. – № 3 (101). – С. 152.
  22. Qobilov Sh.R. Korrupsiya: sabablari, shart-sharoitlari, oqibatlari va oldini olish yoʻllari. – T.: Oʻzbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2019. – B. 26–30.
  23. Belskiy K.S.; Dolgova A.I.; Kuznetsova N.F.; Jonson M. va Nayem J.S.; Satarov G.A.; Levin M.I. va Sirik M.L.; Kirpichnikov A.I.; Voljenkin B.V.; Dmitriyev Yu.A. va hokazolar korrupsiyaga taʼrif bergan.
  24. Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi. – T.: Yridik adabiyotlar publish, 2025. – 8-b.
  25. Sovet jinoyat huquqi. Maxsus qism. – T., 1965. – 224–230-b.
  26. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi // (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2022-y., 02/22/798/0972-son; 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son; 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son; 22.02.2024-y., 03/24/911/0142-son; 04.07.2024-y., 03/24/934/0469-son; 21.09.2024-y., 03/24/963/0735-son; 14.02.2025-y., 03/25/1030/0144-son; 24.06.2025-y., 03/25/1070/0536-son; 12.11.2025-y., 03/25/1095/1036-son.
  27. Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2022-y., 09/22/595/0921-son; 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son.
  28. Арбузова Н.А., Артемов В.Ю., Булаевский Б.А. и др. Коррупциогенность законодательства: причины, факторы, преодоление: монография (отв. ред. Е.И. Спектор, А.М. Цирин). – М., 2013.
  29. Губарева Т.И. Воспитательная функция в юридическом образовании в свете проводимой антикоррупционной политики // Юридическое образование и наука. – 2013. – № 3. – С. 13.
🔍 View online 📥 Download PDF

APA

Ollamov, Yarash; Yarov, Bekmamat (2025). The Concept of Corruption in Various Disciplines and in Anti-Corruption Legislation. Criminology, 1(2), 73–81. https://doi.org/

Vancouver

Ollamov, Yarash; Yarov, Bekmamat. The Concept of Corruption in Various Disciplines and in Anti-Corruption Legislation. Criminology. 2025;1(2):73-81.