Criminology → Volume 1, Issue 2

Environmental determinants of crime

11.12.2025 Research UZ 🔓 Open Access 👁 1 · 📥 0

Annotation / Abstract

Abstract. The article analyzes environmental determinants of crime, namely the influence of environmental factors on crime commission. The author examines the formation of "situational criminology" theory that developed since the 1970s-80s and its transformation into environmental criminology. The scientific novelty of the article lies in the fact that it analyzes for the first time in our country the main principles of environmental criminology (territoriality, natural surveillance, access control, external warning, and spatial impact principle) and demonstrates possibilities of their application in the legal policy of the Republic of Uzbekistan, particularly in urban planning and crime prevention activities.

Full text

Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, mamlakatimizning turli hududlarida ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilma obyektlarining rivojlanishi, shuningdek sanoatning o‘sishi, hududiy rivojlanish, ularning arxitekturasi va shahar muhitining o‘zgarishi fuqarolarimiz ijtimoiy hayotini ijobiy tomonga o‘zgartirish bilan birga, jinoyatchilik holatining ham o‘zgarishiga imkon yaratmoqda. Jumladan, shaharlashuv jarayonlarining kuchayib borishi, infratuzilmaviy o‘zgarishlarning jadallashuvi, yangi shaharlar va hududlardagi o‘ziga xos submadaniy qarashlarning shakllanib borishiga yo‘l ochmoqda. Bu esa jinoyatlarning sifat jihatdan murakkablashuviga, ularning determinant xususiyatlarini va shunga mos ravishda jinoyatchilikka qarshi kurash faoliyati usullarini ham murakkablashuviga sabab bo‘lmoqda.

Agar statistik ma’lumotlarga murojaat etadigan bo‘lsak, mamlakatimizda ro‘yxatga olingan jinoyatlarning 62,7 foizi shaharlarda va tuman markazlarida sodir etilmoqda. Ana shu jinoyatlarning 78,6 foizi esa yirik shaharlarga, ya’ni Toshkent shahri va viloyatlar markazlariga to‘g‘ri kelishini qayd etish lozim1. Negaki, tadqiqotchilarning fikricha, aynan yashash hududining yuqorida ta’kidlangan infratuzilmaviy o‘ziga xos jihatlari, o‘sha hududda istiqomat qiluvchi insonlarning xarakteri va xulq-atvoriga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Bunday infratuzilmaviy tashqi omillarning inson motivatsiyasiga va qarorlar qabul qilish tabiatiga ta’sir etish xususiyatlari bevosita katta shaharlar aholisining ruhiy-psixologik va mental tavsiflarida bir muncha yaqqol namoyon bo‘ladi. Shu bois, qishloq aholisiga qaraganda shaharda istiqomat qiluvchi insonlar ushbu makonda mavjud ko‘p tarmoqli kommunikativ munosabatlar tufayli ancha emotsional, hissiy jihatdan beqaror, bir muncha asabiy va tajovuzkor hisoblanib, ushbu alomatlar ularni tez-tez ziddiyatli vaziyatlarga yetaklaydi hamda ularning harakatlari ko‘pincha jinoiy qilmishga aylanishiga olib keladi [12].

Shuningdek, envayronmental kriminologiya tadqiqotlari Yevropa mamlakatlari hamda AQSH jinoyat huquqi doktrinasida jiddiy o‘rin egallaydi. Masalan, AQSHda 1970-yillarda arxitektor Oskar Nyuman “qo‘riqlanadigan makon” konsepsiyasini shakllantirib, u binolarning dizayni va shahar muhitining jinoyatchilikka bilvosita, ayrim hollarda bevosita ta’sirini ilmiy asoslashga uringan edi. Shu bilan birga, O. Nyuman Nyu-Yorkdagi uy-joy majmualarining holatini, ularning arxitektura-loyiha xususiyatlarini tahlil qilgan holda, aynan ochiq maydonlar, ko‘chalarning yoritish uskunalari bilan ta’minlanganligi hamda aholining kuzatuv-nazorat imkoniyatlarining mavjud bo‘lishi jinoyatchilik darajasini sezilarli darajada pasaytirishi mumkinligini asoslashga harakat qildi. Uning tadqiqotlari shaharsozlik amaliyotiga tub o‘zgartirishlar kiritdi, oqibatda jinoyatchilik darajasini kamaytirishga erishildi.

References

Foydalanilgan manbalar / References

  1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-son farmoni.
  2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan “2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-1-son qarori.
  3. Брентингем П. Анализ характера преступлений // Кембриджский справочник по судебной психологии. Изд. Кембриджского университета. 2010. – С. 159–165.
  4. Селин Б.Н. Генезис теоретических оснований прикладной криминологии за рубежом. – Ленком, 2014. – С. 79.
  5. Суханова А.С. Фреймовая структура слова “environment” в английском языке в сопоставлении с фреймовой структурой «среда» в русском языке // Мир науки, культуры, образования. – № 3 (88). 2021. – С. 4568–472.
  6. Umirzakov B.A., Aslanov B.T., Saidov Sh.Ya. Toshkent shahar Bektemir tumanida jamoat xavfsizligiga tahdid soluvchi xavf-xatarlarni aniqlash va ularni bartaraf etish: Metodik qoʻllanma. – T.: Oʻzbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2025. – B. 39.
  7. Oʻzbekiston Respublikasi IIVning 2024-yil holatini aks ettiruvchi statistik maʼlumotlar toʻplami.
  8. Brantingham P.L., Brantingham P.J. Nodes, Paths and Edge Considerations on the Complexity of Crime and the Physical Environment // Journal of Environmental Psychology. 1993. – № 13. – P. 3–28.
  9. Brantingham P.L., Brantingham P.J. Criminality of Place: Crime Generators and Crime Attractors // European Journal on Criminal Policy and Research. 1995. – № 3. – P. 5–26.
  10. Cohen L.E., Felson M. Social Change and Crime Rate Trends: A Routine Activities Approach // American Sociological Review. 1979. – Vol. 44. – No. 4. – P. 586–602.
  11. Clarke R.V. Situational Crime Prevention: Its Theoretical Basis and Practical Scope // Crime and Justice: An Annual Review of Research. Vol. 4. 1983. – P. 38–44.
  12. Clarke R.V. Situational Crime Prevention: Successful Case Studies. Second Edition. Harrow and Heston Publishers, 1997.
  13. Clarke R.V., Cornish D.B. Opportunities, Precipitators and Criminal Decisions: A Reply to Wortley's Critique of Situational Crime Prevention // Crime Prevention Studies. Vol. 16. 2003. – P. 41–96.
  14. Crowe T.D. Crime Prevention Through Environmental Design: Applications of Architectural Design and Space Management Concepts. 2nd ed. Boston: Butterworth-Heinemann, 2000.
  15. “Crime Victimisation and Feeling Unsafe in Île-de-France: A Geosocial Analysis” // Revue française de sociologie. 54(1), 2013. URL: https://shs.cairn.info/journal-revue-francaise-de-sociologie-2013-1-page-111?lang=en.
  16. “Environmental Crime Prevention in the Netherlands: Theory and Practice”. 1997. URL: https://www.ojp.gov/ncjrs/virtual-library/abstracts/secured-design-netherlands.

APA

Muxitdinov, Faxritdin (2025). Environmental determinants of crime. Criminology, 1(2), 135–145. https://doi.org/

Vancouver

Muxitdinov, Faxritdin. Environmental determinants of crime. Criminology. 2025;1(2):135-145.