Criminology → Volume 1, Issue 2

Algorithm for Using Digital Evidence in Proceeding a Case to Court

11.12.2025 Research UZ 🔓 Open Access 👁 1 · 📥 0

Annotation / Abstract

Abstract. The article highlights the role and significance of digital evidence in criminal procedure, as well as the theoretical and procedural aspects of its collection, storage, analysis, and presentation. Innovative technologies used in the field of digital forensics are analyzed, and their impact on the effectiveness of the investigation is shown. The experience of regulating digital evidence in the legislation of foreign countries and areas for improving national legislation were also considered.

Full text

Dalillarni tekshirishda asl nusxaning nazorat raqamlari va raqamli daliliy axborotning nusxalari taqqoslanadi, ular tekshirish paytida bir-biriga mos kelishi kerak. Yuqorida keltirilgan standartda dalillarni olishning ishonchli usulini yaratish va ta'minlash uchun raqamli ma'lumotlarni 128 bitli MD5 xeshlash algoritmiga asoslangan usul bilan saqlash taklif etiladi. Bu usul, o'z vazifasiga ko'ra, barmoq izi bo'yicha raqamli imzo o'rnini bosadi. Xeshlash algoritmining kriminalistik ahamiyati shundaki, u raqamli faylning belgilangan uzunlikdagi noyob "iz"ini olish imkonini beradi. Bu "iz" olingan hujjatning raqamli (elektron) shaklda identifikatsiyalash xususiyati hisoblanadi [6].

Xesh-funksiyalardan foydalanishning qo'shimcha kafolati sifatida hosil qilingan izning bir necha nusxasi (ikki-uchta) turli raqamli axborot tashuvchilarda va qurilmalarda saqlanadi. Masalan, bir nusxasi tintuv bayonnomasi nusxasiga o'xshash tarzda olib qo'yilgan ma'lumot egasida qolishi, ikkinchisi esa huquqni muhofaza qiluvchi organ serverida yoki raqamli platformada saqlanishi mumkin. Ushbu texnik tartib-taomillar elektron daliliy ma'lumotlarni identifikatsiyalash muammolarini to'liq hal qiladi.

Daliliy axborotni qayd etishning raqamli usulini tan olish masofadan turib isbotlashning imkoniyatlari va istiqbollarini ochib beradi. Ayniqsa, koronavirus pandemiyasi, karantin va izolyatsiya davrida bu muammo yanada dolzarb bo'ldi. Tergovni raqamli onlayn shaklda amalga oshirish zarurati paydo bo'ldi, bu esa vaqt o'tishi bilan an'anaviy qog'oz shaklini almashtirishi mumkin. Jinoyat ishlari bo'yicha masofadan turib ish yuritish anchadan beri videokonferensaloqa tizimlaridan foydalanish orqali amalga oshirilib kelinmoqda. Qolaversa, dastlabki tergov bosqichida protsessual harakatlarni o'tkazishda videokonferensaloqa texnologiyasini kengaytirish jarayoni ham kuzatilmoqda.

Raqamli dalillarga huquqiy maqom berish boshqaruv, ma'muriy, axborot-texnologik, tezkor-qidiruv, texnik-kriminalistik va jinoyat-protsessual dalillash faoliyatining axborot imkoniyatlarini birlashtirish imkonini beradi. Huquq sohalari va huquqni qo'llash faoliyati turlarining integratsiyasi jinoyat-protsessual isbotlashning kumulyativ samarasini ta'minlaydi [7]. Axborot imkoniyatlarini birlashtirish raqamli platformalarni joriy etish orqali amalga oshiriladi, chunki ular raqamli formatda ham ichki, ham idoralararo hamkorlikni ta'minlash uchun eng maqbul kompleks innovatsion axborot-raqamli texnologiyalardir.

Raqamli platformalardan foydalanish natijasida avtomatlashtirilgan rejimda axborot almashinuvining yangi shakli va mazmuni shakllanadi, bu esa inson omilining ta'sirini kamaytiradi. Dastlabki tergovni olib borishda qo'llaniladigan innovatsion raqamli texnologiyalar axborot almashinuvi tezligini oshiradi. Huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati amaliyotini o'rganish raqamli platformalarni yaratish tendensiyalarini ko'rsatmoqda. Raqamli platformalardan foydalanish qog'oz shaklidagi ish yuritishni raqamli (elektron) hujjat aylanishiga o'tkazishi lozim.

References

Foydalanilgan manbalar / References

  1. Далингер В.А. Инновационные педагогические технологии – проводники новых образовательных стандартов // Международный журнал экспериментального образования. – 2014. – № 3–2. – С. 167–169.
  2. Ягяджик С.С. Виды инновационных технологий и их характеристики // Молодой ученый. – 2016. – № 23 (127). – С. 548–551.
  3. Русанова Д.Ю. Цифровая криминалистика: возможности и перспективы развития // Международный журнал гуманитарных и естественных наук. – 2019. – № 12–4. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/tsifrovaya-kriminalistika-vozmozhnosti-i-perspektivy-razvitiya (дата обращения: 30.08.2025).
  4. Пастухов П.С. Цифровая идентификация личности // В кн.: Т.П. Подшивалов, Е.В. Титова, Е.А. Громова (ред.). Право цифровой среды: Монография. – Москва: Проспект, 2015. – С. 625–632.
    https://elibrary.ru/zomcik
  5. Пастухов П.С. Новые подходы к информационному обеспечению уголовно-процессуальной деятельности // Государственное и муниципальное управление в России: состояние, проблемы и перспективы: материалы Всерос. науч.-практ. конф., г. Пермь, 17 ноября 2022 г. – С. 139–143.
  6. Мусаев Г. Цифровые доказательства как направление в расследовании преступлений // Общество и инновации. – 2023. – Т. 4. – № 4. – С. 132–138. DOI: https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss4-pp132-138
  7. Поздняков А.Н. Оперативно-розыскная деятельность в цифровом мире и ее процессуальная ценность // Закон и право. – 2021. – № 9. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/operativno-rozysknaya-deyatelnost-v-tsifrovom-mire-i-ee-protsessualnaya-tsennost (дата обращения: 30.08.2025).
  8. Кахрамонов А. Инструменты цифровой криминалистики // Наука, инновации и образование: ключевые векторы общественного прогресса. – 2024. – Т. 1. – № 1. – С. 84–98. URL: https://inlibrary.uz/index.php/science-innovation-education/article/view/47710
  9. Юань И. Проблемы рассмотрения доказательств по новому УПК КНР // Социально-политические науки. – 2017. – № 3. – С. 137–138.
  10. Югай Л.Ю. Использование методов биометрической идентификации в раскрытии и расследовании преступлений: Учебное пособие. – Т.: Академия, 2023. – 134 с.
  11. Россинский С.Б. Размышления о сущности доказывания в уголовном судопроизводстве // Lex Russica. – 2020. – № 9 (166). – С. 64.
  12. Стельмах В.Ю. Система средств доказывания в досудебных стадиях уголовного процесса: проблемы теории, нормативного регулирования и практики. Дис. ... д-ра юрид. наук: 12.00.09. – Екатеринбург, 2021. – С. 4.
  13. Афанасьев А.Ю., Зайцев А.А., Лубин С.А., Смолин А.В. Уголовно-процессуальное доказывание: теория, практика, методология. – М.: Юрлитинформ, 2021. – С. 70.
  14. Шейфер С.А. Доказательства и доказывание по уголовным делам: проблемы теории и правового регулирования. – М.: Норма, 2008. – С. 21.
  15. Трусов А.И. Основы теории судебных доказательств (Краткий очерк). – М.: Госюриздат, 1960. – С. 8.
  16. Руденко А.В. Содержательная логика доказывания: Монография. – М., 2014. – С. 151.
🔍 View online 📥 Download PDF

APA

Badalboyev, Feruz (2025). Algorithm for Using Digital Evidence in Proceeding a Case to Court. Criminology, 1(2), 160–166. https://doi.org/

Vancouver

Badalboyev, Feruz. Algorithm for Using Digital Evidence in Proceeding a Case to Court. Criminology. 2025;1(2):160-166.