Criminology → Volume 1, Issue 1

Analysis of National Legislation in the Field of Preventing the Illicit Trafficking of Narcotic Drugs and Psychotropic Substances and Issues of Its Improvement

14.04.2026 Research UZ 🔓 Open Access 👁 1 · 📥 0

Annotation / Abstract

Abstract: This article analyzes the regulatory and legal measures implemented in recent years in the Republic of Uzbekistan regarding the circulation of narcotic drugs and psychotropic substances, as well as the efforts to combat their illicit trafficking. It examines the challenges of adapting the norms of the Law “On Narcotic Drugs and Psychotropic Substances” to modern requirements and global threats. The author focuses on the provisions deemed essential for inclusion in the draft of the new edition of the Law and provides definitions for certain concepts that are widely used today.

Full text

Xususan, respublikamizda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasining barvaqt oldini olish, aholida ularni isteʼmol qilishga qarshi “immunitet”ni shakllantirish orqali genofondimizga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi omillarni bartaraf etish, giyohvandlikka chalingan bemorlarni jahon tajribasidan kelib chiqib, tibbiy-davolanish tizimini tashkil etish sohadagi davlat siyosatining istiqbolli yoʻnalishlarini belgilash maqsadida 2024-yil 6-mayda Davlat rahbarining “Oʻzbekiston Respublikasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyish orqali ularning aholi salomatligi va mamlakatimiz genofondiga salbiy taʼsirini bartaraf etish strategik chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni [2] qabul qilindi.

Ushbu farmon bilan 6 ta maqsad, 48 ta ustuvor yoʻnalish va 272 ta chora-tadbirni oʻzida jamlagan Oʻzbekiston Respublikasida giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish boʻyicha 2024–2028-yillarga moʻljallangan milliy strategiya tasdiqlandi. Milliy strategiyani ishlab chiqishda ilgʻor xorijiy tajribalar, 50 nafardan ortiq xalqaro, shu jumladan BMT ekspertlari, respublika mutasaddi vazirlik va idoralarining 100 dan ortiq xodimlari ishtirok etdi.

Har yili milliy strategiyada belgilangan chora-tadbirlarni samarali amalga oshirish boʻyicha aniq mexanizmlarni nazarda tutuvchi milliy dastur tasdiqlanishi hamda ijrosi qatʼiy nazoratga olinishi belgilandi.

Oʻz navbatida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-noyabrdagi 759-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish boʻyicha milliy strategiyani amalga oshirish yuzasidan 2024–2025-yillarga moʻljallangan milliy dastur ijrosini taʼminlash choralari koʻrildi.

References

Foydalanilgan manbalar / References

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi, 2025-yil 26-dekabr. https://president.uz/uz/lists/view/8834.
  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 6-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yish orqali ularning aholi salomatligi va mamlakatimiz genofondiga salbiy ta’sirini bartaraf etish strategik chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-73-son farmoni. https://lex.uz/docs/6912475.
  3. Davlat rahbarining 2025-yil 3-noyabr kuni millat genofondini giyohvandlikdan himoya qilish, kiberjinoyatlarga qarshi samarali kurashish hamda prokuror nazoratini raqamlashtirish yuzasidan takliflar taqdimoti bilan tanishuv jarayonidan. https://president.uz/uz/lists/view/8617.
  4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-207-son farmoni. https://lex.uz/docs/7818774.
  5. Inson huquq va manfaatlarini ta’minlash – asosiy maqsad. https://parliament.gov.uz/news/inson-huquq-va-manfaatlarini-taminlash-asosiy-maqsad.
  6. O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 19-avgustdagi “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida”gi Qonuni. https://lex.uz/ru/docs/86044.
🔍 View online 📥 Download PDF

APA

Kutbitdinov, Gʻiyosiddin (2026). Analysis of National Legislation in the Field of Preventing the Illicit Trafficking of Narcotic Drugs and Psychotropic Substances and Issues of Its Improvement. Criminology, 1(1), 95–99. https://doi.org/

Vancouver

Kutbitdinov, Gʻiyosiddin. Analysis of National Legislation in the Field of Preventing the Illicit Trafficking of Narcotic Drugs and Psychotropic Substances and Issues of Its Improvement. Criminology. 2026;1(1):95-99.