Socio-Legal Aspects of Illicit Drug Trafficking via the Internet and the Fight Against It
Annotation / Abstract
Abstract. The article analyzes one of the global problems that has emerged as a result of the rapid development of information and communication technologies - the illegal trafficking of narcotic substances through the internet. It highlights the growth trends of online drug trafficking and its negative impact on public health. Furthermore, it proposes recommendations to limit illegal circulation by ensuring information security, improving legislation, and raising the legal awareness of citizens.
Full text
Tahlillarga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekistonda muomalasi taqiqlanmagan bir qator giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalaming keng tarqalish tendensiyasi kuzatilib, ulaming yaqin istiqbolda mamlakatimizga kirib kelish xavfi yuqori. Jumladan:
-
Joriy yilning avgust oyidan boshlab, Sharqiy Yevropa mamlakatlaridan Markaziy Osiyo hududiga (Tojikistonga) “nitazen” nomli yangi turdagi sintetik opiodlar kirib kelishi boshlaganligi ma’lum bo‘ldi.
“Nitazen” moddasi 1950 yilda AQSHda kashf etilgan bo‘lib, mazkur modda, odatda, besh turiga bo‘linadi - “etonitazen”, “klonitazen” (O‘zbekistonda taqiqlangan), “metonitazen”, “izotonitazen” va “protonitazen” (taqiqlanmagan). Nitazen kuchli og‘riq qoldiruvchi va o‘ziga nisbatan tez qaramlikni keltirib chiqaruvchi xususiyatga ega. Hatto kichik dozalar ham nafas olish tizimining tez bostirilishi (respirator depressiya)ni keltirib chiqaradi, bu o'limga olib kelishi mumkin.
Nitazenlar, asosan, boshqa moddalar bilan aralashtirilganligi bois geroin, kokain yoki boshqa moddalarga o‘xshab ko‘rinadi, bu esa ulami vizual aniqlashni qiyinlashtiradi. Shuningdek, kukun, tabletka, suyuq shaklda ham bo‘lishi mumkin. “Nitazen”ning ta’siri “geroin”dan 50-250 baravar, “fentanil”dan 10-50 baravar kuchli hisoblanib, uning 1 gr.dan olinadigan daromad 600 yevroni tashkil etmoqda.
-
Ayni vaqtda, 0‘zbekistonda muomalasi taqiqlanmagan 16 turdagi prekursorlar BMTning 1988-yilgi Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalaming g‘ayriqonuniy ravishda muomalaga kiritishga qarshi kurash to‘g‘risidagi konvensiyaga yangitdan kiritildi.
Ushbu Konvensiya jahonda narkotik moddalar muomalasiga qarshi kurashda asosiy xalqaro hujjat hisoblanib, 190 dan ortiq davlat tomonidan imzolangan bo‘lib, maqsadi - narkotiklaming ishlab chiqarilishi va tarqalishining oldini olish uchun prekursorlaming nazoratini muntazam ravishda kuchaytirishdan iborat.
Xususan, 2024-yil 3-dekabrdan “fentanil”ning ikki turdagi prekursorlari (4-piperidon va 1-bok-4-piperidon), shuningdek, “amfetamin”ning F-2-P-metilglitsid kislotasi va uning 8 ta efirlari hamda 3,4-MDF-2-P-metilglitsid kislotasining 7 ta efirining muomalasi taqiqlangan.
Mazkur prekursorlar arzon va oson foydalaniladigan kimyoviy moddalar bo‘lib, ulardan laboratoriyalarda kuchli narkotiklar sintez qilinadi, ular fentanil va uning analoglari ishlab chiqarilishida asosiy rol o‘ynaydi, chunki ulardan fentanilning asosiy oraliq moddalari hosil qilinadi, bu esa sintezning samaradorligini oshiradi. Shu bois ular yashirin laboratoriyalarda sintetik narkotik tayyorlash uchun qulay xomashyo sifatida foydalaniladi.
References
Foydalanilgan manbalar / References
- Report 2024 – Embargo Observe release date: Not to be published or broadcast before 4 March 2025, at 1100 hours (CET) CAUTION // https://www.incb.org/documents/Publications/AnnualReports/AR2024/Annual_Report/E-INCB2024-1-ENG.pdf?utm_source=chatgpt.com
- International Narcotics Control Board // Monitoring and supporting Governments' compliance with the international drug control treaties - https://www.incb.org/
- United Nations office on drugs and crime “Drugs and age – Drugs and associated issues among young people and older people” journal / World drug report // 2024
- World health organization Opioid Overdose Fact Sheet - 29 August 2025
- World health organization Opioid Overdose Fact Sheet - Opioids // https://www.who.int/news-room/factsheets/detail/opioid-overdose?utm_source=chatgpt.com
- United Nations office on drugs and crime “Drugs and age – Drugs and associated issues among young people and older people” journal / World drug report // 2024
- United Nations office on drugs and crime “ExecutiveSummary” journal Vienna / World drug report // 2023
- Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasining kengaytirilgan yalpi majlisi, 2024-yil
- @stopnarkobot
- Парпиев М. Социальные сети как угроза: как цифровые платформы становятся рассадником наркотиков. https://upl.uz/
- Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-sentyabrdagi “Butunjahon Internet tarmogʻida axborot xavfsizligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori. https://lex.uz/ru/docs/3893085
APA
Vancouver
Authors
O'zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti