Criminology → Volume 1, Issue 2

Scientific and Theoretical Analysis of Deviant Behavior

11.12.2025 Research UZ 🔓 Open Access 👁 2 · 📥 1

Annotation / Abstract

Abstract. This article discusses the origin, formation, and various characteristics of deviance in society. The opinion of scientists who have studied the problem of deviance and the results of the conducted research are presented in the article. This article provides a theoretical analysis of destructive personality behavior, reveals the meaning of the word deviance and its structural features, typology. Based on the analysis of theories within the framework of deviantology, criminology and sociology of crime, the article describes deviance, delicacy and criminal behavior

Full text

Professor Ya.I.Gilinskiy ijtimoiy og‘ishlarga quyidagicha ta’rif beradi: “Bu ma’lum bir jamiyatda (madaniyat, guruh) rasmiy ravishda o‘matilgan yoki amalda shakllangan me’yorlar va kutishlarga mos kelmaydigan inson faoliyatining nisbatan ommaviy, statistik jihatdan barqaror shakllarida (turlarida) ifodalangan ijtimoiy hodisa”.[ll, 28] Deviantlikni ijtimoiy hodisa sifatida yaratadigan deviant xatti-harakatlar shaxs yoki guruhni ma’lum bir jamiyatdagi “bu yerda va hozir” ijtimoiy me’yorlar va kutishlardan muntazam ravishda chetga chiqishidan iborat. Bir tomondan, deviantlik haqiqiy xulq-atvor harakatlarida, faoliyatlarida (obyektiv xulq-atvor hodisasi) ifodalanadi, boshqa tomondan, bu ijtimoiy qurilma, ijtimoiy harakat subyektlari tomonidan deviant xatti-harakatni ramziy aniqlash jarayonining mahsulidir. Deviantlik an’anaviy ijtimoiy qurilma bo‘lib, u ijtimoiy me’yor orqali aniqlanadi. Me’yorlar ma’lum bir an’ana, madaniyat natijasidir, ular odamlar tomonidan yaratilganligi sababli vaqt va makonda nisbiy va o‘zgaruvchan hisoblanadi.

“Deviant” so‘zi (lotincha “deviatio” so‘zidan olingan) - chekinish, buzilish, og‘ish degan ma’nolami bildiradi. Deviant xulq-atvor - mavjud jamiyatda o‘matilgan axloq me’yorlariga mos kelmaydigan insoniy faoliyat yoki ijtimoiy tizimda belgilangan xatti-harakatlarga qarama-qarshi harakatlar majmui.

Deviant xatti-harakatlar noaniq, ya’ni ijtimoiy yoki individual oqibatlariga ko‘ra, ham ijobiy, ham salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Deviantlik ijtimoiy o‘zgarish mexanizmini belgilaydi.

Ijobiy deviantlar - buyuk ijodkorlar va daholar o‘z davrlarida taraqqiyotga katta hissa qo‘shdilar. Biroq, ulaming ko‘plari, eng yaxshi holatda, unutilib ketishdi, eng yomoni, inkvizitsiya olovida bid’atchilar, ya’ni o‘z davrining qoidalariga binoan deviant sifatida yoqib yuborildi.

Salbiy deviantlar - bu deviant xatti-harakatlari bilan o‘zlarining jismoniy yoki axloqiy sog‘lig‘ini buzadigan, boshqalarga tahdid va muammolami keltirib chiqaradigan odamlar.

Olimlar salbiy deviantlikni o‘rganishga ko‘proq e’tibor berishadi, chunki uning ko‘lamini o‘sishi va jinoyatchilik, alkogolizm, giyohvandlik, fohishabozlik, o‘z joniga qasd qilish xatti-harakatlari, qimor o‘yinlari va boshqalar ko‘rinishlari jamiyatdagi murakkab ijtimoiy muammodir. XX asming oxirlarida, N.Kristi yozganidek, kriminologlar “jazo inqirozi”ning boshlanishini tan olishadi, bu ijtimoiy nazoratning odatiy choralari salbiy, ba’zan o‘ta repressiv sanksiyalaming ustunligi bilan deviantlarga ozmi-ko‘pmi samarali ta’sir qila olmaslikda namoyon bo‘ladi [10].

Deviantlikning turli xil ko‘rinishlarining o‘sishi, ijtimoiy o‘zgarishlaming tezlashishi va jamiyatning postmodern davrga o‘tishi sharoitida “qonun va tartib” dominant modeli doirasida ijtimoiy nazorat samaradorligining pasayishi, “zamonaviy kapitalizm” jarayonlarini nazariy tushunish, deviantlikni tushuntirish masalasi keskin ko'tarildi. Postmodernistlaming ta’kidlashicha, “deviatsiya fenomeni jamiyatning ajralmas kelajagi hisoblanadi” [3], ayrimlarining fikricha bu “nazorat illyuziyasi bilan bog‘liq holat bo‘lib, u umidlardan voz kechish kerak” [4], degan fikrlarga kelingan.

References

Foydalanilgan manbalar / References

  1. Кетле А. Социальная система и законы, ею управляющие. – СПб., 1866. – С.100.
  2. Дюркгейм Э. Норма и патология // Рубеж: Альманах социальных исследований, 1992. – №2. – С.82.
  3. Schmalleger F. Criminology today: an integrative introduction. New Jersey, 1999.
  4. Shmalleger F. Criminology today: an integrative introduction. 2nd ed. New Jersey, 1999.
  5. Мертон Р.К. Социальная структура и аномия / Социология преступности. – М., 1966.
  6. Cohen A. K. Anomie and Deviant Behavior. – N.Y., 1966.
  7. Hirschi T. Causes of delinquency. Berkeley: University of California Press, 1969.
  8. Гоффман И. Представление себя другим в повседневной жизни. – М.: Канонпресс, 2000. – 304 с.
  9. Akers R. Criminological theories: introduction end evaluation. 2nd ed. Los Angeles: Roxbury Publishing Company, 1997. – P.2.
  10. Кристи Н. Пределы наказания / Пер. с англ. В.М. Когана; Под. ред. А.М. Яковлева, Вступ. ст. А.М. Яковлева, В.М. Когана. – М.: Прогресс, 1985. – 176 с.
  11. Гилинский Я.И. Девиантология: социология преступности, наркотизма, проституции, самоубийств и других «отклонений». 2-е изд., испр. и доп. – СПб.: Изд-во Р. Асланова «Юридический центр Пресс», 2007. – С.28. – 520 c.
  12. Дюркгейм Э. Самоубийство: Социологический этюд / Пер. с франц. – М.: Мысль, 1994. – 237 c.
  13. Higgins P., Butler R. Understanding Deviance. McGraw-Hill Book Company, 1982. – P.2.
  14. Luhman N. Beobachtungen der Moderne. Opladen: Westdeutscher Verlag, 1992.
🔍 View online 📥 Download PDF

APA

Akramov, Xasan (2025). Scientific and Theoretical Analysis of Deviant Behavior. Criminology, 1(2), 95–102. https://doi.org/

Vancouver

Akramov, Xasan. Scientific and Theoretical Analysis of Deviant Behavior. Criminology. 2025;1(2):95-102.