The Fergana Experience in Preventing Drug-Related Crimes Committed by Women
Annotation / Abstract
Abstract. This article examines the structure and dynamics of crimes committed by women related to illicit drug trafficking, as well as prevention mechanisms, using the example of the Fergana region. Based on statistical indicators for 2021-2025, structural changes in female criminality were identified: while property crimes remain predominant, the proportion of drug-related crimes has increased significantly. The study develops scientific and practical recommendations aimed at improving social support systems, targeted prevention, rehabilitation programs, and inter-agency cooperation in combating female drug-related crime.
Full text
Mamlakatimizda giyohvandlik va narkojinoyatchilikka qarshi kurash masalasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilangan. Giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasi nafaqat jinoiy-huquqiy muammo, balki, aholi salomatligi, milliy genofond, oilaviy barqarorlik va ijtimoiy xavfsizlik bilan chambarchas bog‘liq murakkab ijtimoiy jarayon sifatida namoyon bo‘ladi. Ayniqsa, ayollar tomonidan sodir etilayotgan giyohvandlik bilan bog‘liq jinoyatlar jamiyat uchun ikki karra xavf tug‘diradi, chunki, ayolning oiladagi tarbiyaviy roli va ijtimoiy ta’sir kuchi yuqori hisoblanadi. Shu sababli ayollar narkojinoyatchiligini o‘rganish va uning oldini olish mexanizmlarini takomillashtirish masalasi dolzarb ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.
Davlat darajasida bu masalaga tizimli yondashuvni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2024-yil 6-mayda “O‘zbekiston Respublikasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yish orqali ularning aholi salomatligi va mamlakatimiz genofondiga salbiy ta’sirini bartaraf etish strategik chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmon qabul qilinib, O‘zbekiston Respublikasida giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha milliy strategiya tasdiqlandi [1]. Mazkur hujjatda giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish, profilaktika ishlarini kuchaytirish, hududiy komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda xavf guruhlarini erta aniqlash mexanizmlarini takomillashtirish vazifalari belgilangan. Strategiyada aholi, jumladan ayollar va yoshlar o‘rtasida profilaktik targ‘ibot ishlarini kengaytirish, reabilitatsiya va ijtimoiy moslashtirish choralarini kuchaytirish zarurligi qayd etilgan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2025-yil 3-noyabrda qabul qilingan “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonda aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik hamda narkojinoyatlardan himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar belgilandi [2]. Ushbu hujjatda narkojinoyatchilikka qarshi kurashni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish, hududiy darajada manzilli profilaktika tizimini yo‘lga qo‘yish, reabilitatsiya markazlari faoliyatini takomillashtirish va idoralararo hamkorlikni kuchaytirish vazifalari aniq ko‘rsatib berilgan. Bu farmon ayollar tomonidan sodir etilayotgan giyohvandlik jinoyatlarining oldini olishda kompleks va muvofiqlashtirilgan yondashuv talab etilishini huquqiy jihatdan mustahkamlab berdi.
References
Foydalanilgan manbalar / References
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 6-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yish orqali ularning aholi salomatligi va mamlakatimiz genofondiga salbiy ta’sirini bartaraf etish strategik chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-73-son farmoni. https://lex.uz/docs/6912475
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-207-son farmoni. https://lex.uz/docs/7818774
- Казаринов Ю. Л. Криминологическая характеристика и профилактика женской преступности в сфере незаконного оборота наркотиков: Дис. ... канд. юрид. наук. - Москва, 2000. - 186 с.
- Газазян С. В. Женская преступность в сфере незаконного оборота наркотических средств: Дис. ... канд. юрид. наук. - Москва, 2010. - 172 с.
- Смолина Т. А. Женская преступность, связанная с незаконным оборотом наркотических средств (по материалам Тюменской области): Дис. ... канд. юрид. наук. - Тюмень, 2005. - 198 с.
- Mirshayeva K. O. Ayollar tomonidan g‘araz maqsadlarda zo‘rlik ishlatib sodir etiladigan jinoyatlarning oldini olish masalalari. - Toshkent: TDYU, 2024. - 156 b.
- G‘ozibekov T. X. Huquqbuzarliklarning oldini olishda shaxsni statistik va kriminologik o‘rganishning nazariy asoslari. - Toshkent: Akademiya, 2023. - 142 b.
- Niyozova S. S., Salayev N. S. Kriminologiya: Darslik. - Toshkent: Akademiya, 2024. - 157-б.
- Франк Л. В. Виктимология и виктимность. - Душанбе, 1972. - С. 8-12.
- Abdurasulova M. Kriminologiya. - Toshkent: Adolat, 2007-yil. - 26-б.
- Abdurasulova Q. R. Ayollar jinoyatchiligining jinoyat-huquqiy va kriminologik muammolari: Yurid. fan. nomz. ... dis. - Toshkent, 2006.
- Leonard, E. A Critique of Criminology Theory: Women, Crime and Society. New York/London: Longman, 1982.
APA
Vancouver